O'zbekiston tarixi


 0‘z.R. MDA, R-71-fond, 1-ro‘yxat, 1-ish, 4-11 varaqlar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 0‘z.R. MDA, R-71-fond, 1-ro‘yxat, 1-ish, 4-11 varaqlar.
174 


to„g„risida dekret», «Sudxo„rlik ishlarini amalga oshirish to„g„risida dekret», 
«Sud soliqlari va sud‟yalami oylik bilan ta‟minlash to„g„risida dekret» va 
boshqalar
1
ana shular jumlasidandir. Bundan tashqari hukumat sud va adliya 
ishlarini yangicha tartibda qaytadan ko„rib chiqdi. Xalq militsiyasi tashkil 
etildi. 0„lkada hukumat qarori asosida sakkiz soatlik ish tartibi joriy qilindi. 
Muvaqqat hukumat maorif-madaniyat masalalariga e‟tiborini qaratdi. 
1920-yil 11-aprelda maxsus qaror bilan Xiva xalqining tarixiy madaniyatini 
kelajak avlodlarga yetkazishni bosh maqsad qilib o„z oldiga qo„ygan Xalq 
muzeyi tashkil qilindi. Muzey rahbarligiga Xalq madaniyati va maorifi 
Noziri mulla Bekchon Rahmonov qo„yildi. Xiva xonining Toshhovli binosi 
muzeyga bino sifatida ajratib berildi. 
Maorif ishlari sohasida ham ijobiy tadbirlar o„z samarasini bera 
boshladi. Qisqa muddat ichida 8 maktab, o„qituvchilar kursi, siyosiy 
maktab, maorif uyi, namunali bolalar bog„chasi, qariyalar uyi, tug„ruqxona, 
«Inqilob quyoshi» gazetasi tashkil etildi
2

Muvaqqat hukumat Xiva xonligida tarixan mavjud bo„lgan 20 ta beklik 
o„miga 20 tuman sho„roliklarini tuzdi, beklik unvoni va unga qarashli 
barcha lavozimlar bekor qilindi. Ayni paytda hukumat xalq vakillarining 1 
Butunxorazm qurultoy ini tayyorlash va o„tkazish bilan bog„liq ishlami ham 
qizdirib yubordi. Sho„ro hukumati tashkil etilajak Xorazm Xalq Sho„ro 
Respublikasining bamisoli qo„g„irchoq hukumat sifatida o„z qo„lida 
o„ynashini juda-juda istar edi va bu ishni amalga oshirishga harakat qildi. 
Ana shu maqsadda 1920-yil 25-martda Xivaga RSFSR va Turkiston 
Respublikasi tomonidan G.I.Broyda yuborilgan edi. RSFSRning Xorazm 
Xalq Sho„ro Respublikasidagi muxtor elchisi bo„lib ishlagan G.I.Broyda 
Xorazm Respublikasining davlat qurilishi, uning boshqarilishi, boshqaruv 
lavozimlari va boshqa masalalar bo„yicha ko„pgina «qimmatli maslahatlar» 
berdi. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling