O'zbekiston tarixi
KPSS syezdlari, konferensiyalari va MQ Plenumlarining rezolyutsiya va qarorlarida
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
KPSS syezdlari, konferensiyalari va MQ Plenumlarining rezolyutsiya va qarorlarida. To‘rtinchi jild. 1927-1931. -Т.: 0‘zbekiston, 1983, 499-bet. 366 va Qashqadaryo viloyatlariga 33 tadan yuborildi. Ulaming 33 nafari darhol respublika markaziy apparatlarida ishga joylashtirildilar 1 . 0„zbekistonga yuborilgan yigirma besh mingchilaming asosiy qismi aslida hayotiy va bilim tajribasi kam, o„sha davming soxta va balandparvoz shiorlaridan ilhomlangan va eng muhimi «ulug„ og„alik» shovinistik- mustamlakachilik g„oyasi bilan ongi zaharlangan shaxslar boiganlar. Ammo Sho„ro davrida yaratilgan tarixiy adabiyotlarda yigirma besh mingchilar faoliyati ko„klarga ko„tarib maqtaldi, ulami 0„zbekistonning sotsialistik taraqqiyotiga ulkan hissa qo„shganliklari mahovat qilindi. Amalda esa, 0„zbekistonga kelgan yigirma besh mingchilaming aksariyati uzoq vaqtlarga qadar tub yerli aholi bilan umumiy til topa olmadi. Chunki, mahalliy xalq har galgidek yigirma besh mingchilarga ham ishonmay, ularga bosqinchi mustamlakachilar deb qarar edi. Buning ustiga tili, dini, urf-odati va madaniyati, tarixi boshqa boigan bu desantchilar qadimiy dehqonchilik madaniyatiga ega boigan o„zbek dehqonlariga dehqonchilikdan dars berolmas edilar. Shu bois dunyoda an‟anaviy mehmondorchiligi bilan mashhur boigan mahalliy xalq yigirma besh mingchilami norozilik va sovuqlik bilan qarshi oldi. Bu to„g„rida tarixiy hujjatlarda asosli va ishonarli ma‟lumotlar anchagina: «25 mingchilar» tantanali ravishda yuborilgan ko„pgina xo„jaliklar ularga uy-joy bermagan, shikoyatlariga esa quloq solmagan. Masalan, Ivano-Voznesenskdan Namangan tumani Oxunboboyev kolxoziga yuborilgan ishchi Martinov shu to„g„rida maiumot beradi. Uning aytishicha, Namangan tumani ijroiya qo„mitasi «25 mingchilar» kelishidan bexabar boigan, tabiiyki, shunga ko„ra, ulami joylashtirish borasida hech qanday sharoit yaratmagan. Mirzachoi tumaniga kelgan ishchi Morozov esa, ijroiya qo„mitadagilar «25 mingchilar»ni hech kim chaqirmagan va ular qalloblardir, deganini ta‟kidlaydi. Tverdan yuborilgan Bloxin va Sherbakov yetarli shart-sharoiti yo„qligi tufayli bir necha oy ochiq maydonda yotib- turganligidan shikoyat qiladi. Andreev degan ishchining xatida shunday satrlar uchraydi: «Bu yerda biz bilan hech kimning ishi yo„q. Meni kolxozga o„tkazishdi va men yoikira uchun bir tiyin ham topa olmayapman. Maosh hisobiga emas, o„rtoqlardan tilanchilik qilish hisobidan kun ko„rmoqdaman» 2 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling