O'zbekiston tarixi


 «Munosabat», 1990-yil 30-noyabr


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «Munosabat», 1990-yil 30-noyabr.
421


boshqalar kompartiyaning yer-suv islohoti yoiiga qarshi chiqqan, boy-quloq 
yer egaligi manfaatlarini himoya qilgan va mahalliy burjua millatchiligi 
g„oyasini ilgari surgan
1
emish. Shu ayb bilan «18 lar guruhi»ning faol 
ishtirokchilari I.Xidiraliyev (0„zbekiston SSR Yer ishlari xalq komissari), 
Rahmat Rafiqov (0„zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari), Saidjonov 
(Zarafshon viloyati ijroiya qo'mitasi kotibi) va boshqalar 1925-yilda o„z 
vazifalaridan olib tashlandilar. F.Xo„jayev esa RKP (b) MQ 0„rta Osiyo 
byurosi komissiyasida «qattiq tanqid» qilingach, 1927-yilda bo„lib o„tgan 
0„zkompartiya III Qurultoyida «o„z xatosini bo„yniga olgan va kechirim 
so„ragan» edi. 
Aslida esa masalaning mohiyati mutlaqo boshqacha. «18 lar guruhi» 
amalda Sho„ro hukumati va kompartiyaning 0„zbekistonda olib borayotgan 
ulug„ millatchilik va mahalliy kadrlarga nisbatan nopisandlik siyosatiga 
qarshi chiqqan edi. Buni guruh a‟zolarining 
1925- 
yil noyabr oyida Samarqand shahrida o„z ishini olib borgan 
0„zKP(b) II qurultoyi nomiga yozgan arizalari mazmunidan ham ochiq-
oydin ko„rish mumkin. Arizada quyidagilar yozilgan edi: «Do„stona va 
samarali ishlash uchun normal sharoit yaratilmaganligi sababidan bizni 
0„zbekistonda ishlashdan bo„shatib, RKP(b) MQ ixtiyoriga yuborishingizni 
so„raymiz. Agar kerak bo„lsa, ancha keng vaj-sabablarini bayon etishimiz 
mumkin»
2

Arxiv materiallari va tarixiy dallilar bu vaj-sabablami aniqlashga imkon 
beradi. Ular: ish yuritishda mahalliy millat vakillariga nisbatan nopisandlik, 
mustamlakachilik siyosati, milliy kadrlaming asossiz ta‟qib va tazyiq ostiga 
olinishiga qarshi chiqqanlar va milliy manfaatni himoya qilganlar. 
1927- 
yilda «Inog„omov guruhi» (Inagamovshina) «fosh etildi». 
0„zbekiston SSR Xalq maorifi komissari lavozimida ishlagan Rahim 
Inog„omovni «mahalliy millatchilikda» ayblab qatag„on qildilar. Go„yo u 
«o„lib borayotgan milliy burjuaziya himoyachisi» bo„lgan ekan. Amalda esa 
Inog„omov yo„qsillar diktaturasi deb nomlangan Sho„ro hokimiyati milliy 
mustamlakachilikdan boshqa narsa emasligini, kompartiya yuritgan milliy 
siyosatning shovinistik mohiyatini ochib, Moskvadan 0„zbekistonga kadrlar 
yuborilishini keskin tanqid qilgan edi. Bunga Rahim Inog„omovning «Qizil 
0„zbekiston» gazetasining 1926-yil 8-10-yanvar sonlarida chop 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling