O'zbekiston tarixi
partiyasiz. Otasi kichik savdogar (lavochnik) bo„lgan. 1917-yilga qadar rus-
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
partiyasiz. Otasi kichik savdogar (lavochnik) bo„lgan. 1917-yilga qadar rus- tuzem maktabida o„qigan. 1927- yildan Qo„qon okmg sudida ishlagan. Shu yili 23 sentabrdan to 1930- yilga qadar Beshariq tumanida xalq sudi lavozimini bajargan. Usmon Xo„jayevga qo„yilgan aybnoma quyidagilardir: 1 0‘zR MDA, 1714-fond, Zs-ro‘yxat, 42-ish, 38-varaq. 1 0‘zR. MDA, R-1714-fond, 5-ro‘yxat, 328-ish, 235, 384-varaqlar. 418 1. Tozalash o„tkazilganga qadar o„zining ijtimoiy kelib chiqi- shini yashirgan. 2. Yot unsurlar, jumladan, quloqlar bilan aloqada bo„lgan. 3. Quloqlami himoya qilgan. Masalan, Yo„lchi To„ychiboy paxta normasini bajarmagani, quloq Sodiq Ikromov paxta topshirish normasini bajarmagani uchun jarima solish bilan cheklangan, xolos. 4. Mirzaboboyev va quloqlar bilan ichkilikbozlik qilgan. 5. Siyosiy jihatdan mutlaqo savodsiz 1 . Usmon Xo„jayevga yopishtirilgan aybnoma quruq tuhmat bo„lib, ataylab uyushtirilganligi ko„zga yaqqol tashlanib turibdi. 1937- yil 1-noyabrda Toshkent viloyati Bo„stonliq tumanida bir yo„la 69 dindor «panislomist», «panturkist», «ayg„oqchi», «terrorchi», «diversant» kabi to„qima ayblar bilan hibsga olingan. Ular faqat bir marta so„roq qilinganlar. So'roq qilinganlardan 11 kishi kaltaklar, qiynoq va azoblar bilan o„z «aybini» bo„yniga olgan, 58 kishi esa aybni rad etgan. Ammo, shunga qaramasdan, ayblanuvchilar yashagan qishloq sho„rosidagi xodimlami tergov qilgan Saakyan zo„rlik yo„li bilan mahbuslar aybini o„zi aytdirib yozdirgan ko„rsatmalar sudlov uchun asos bo„lgan va ular otib tashlanganlar 2 . 1958-yilda tergov qilingan Xudoyberganov, Rasulov, Mirzaboevlar mazkur masala bo„yicha o„zlarining 1937-yildagi ko„rgazmalarini inkor etdilar va bu ishlaming hammasi qo„rqituv va zo„rlik asosida Saakyan tomonidan uyushtirilganligini aytdilar 3 . Islom mhoniylari va dindorlami bunday порок va g„irrom yo„llar bilan yo„q qilish va qirg„in qilish sho„rolar tarixining keyingi yillarida ham davom ettirildi. Shu boisdan ham ulug„ adib Chingiz Aytmatov «Hujum» kampaniyasi xususida bunday deb yozgan edi: «Afsuski, davlat tomonidan o„tkazilgan «Hujum» kampaniyasi o„sha davming og„ir xatolaridan biri edi, deyish kamlik qiladi. Bu insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat edi. Ustiga-ustak, ilohiy olamning qurilmasiga qarshi yo„naltirilgan jinoyat edi. Xudoning barqarorligini inkor etgan mo„rtadlar Xudoning vazifasini o„z zimmasiga oladilar va «Yangi odam yaratamiz» deb, dahshatli о„yin boshlaydilar 4 . GPU xodimlari 30-yillarda islom mhoniylariga yoppasiga quturib hujumga o„tdilar va ming-minglab gunohsiz dindorlami Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling