1980-yil oktabr sonida Abdurahmon Avtorxonovning «Islom
va SSSRdagi
musulmon xalqlari» deb nomlangan maqolasini e‟lon qiladi. Unda qayd
etilishicha, Kompartiya 1927-yilga qadar Islomga nisbatan «toqatli»
munosabatda bo„ldi, hatto Islom ulamolari bilan «manfaatli» aloqalar olib
bordi. Jumladan, Xorazm kompartiyasi a‟zolarining 10 foizi musulmon dini
ulamolari edilar. Buxoro kompartiya a‟zolarining 70 foizi islom dini
vakillari va dindorlar boiganlar
1
.
Muallifhing
yozishicha, 30-yillaming boshidan boshlab «Kom-
munizmning islom bilan birodarlashuvi» tamom boidi. Islom va dindorlarga
nisbatan shafqatsiz hujum boshlandi. Ikkinchi jahon umshi boshlanishiga
qadar Turkistonda 14 ming, Boshqirdistonda 7 ming, Qavqozda 4 ming va
Qrimda 1 ming masjid yopib tashlandi yoki buzildi
2
.
Arxiv hujjatlarining
bergan maiumotlariga qaraganda, SADUM (0„rta Osiyo va Qozog„iston
musulmonlari diniy Boshqarmasi) tashkil etilgan 1943-yilda 0„zbekistonda
ro„yxatdan o„tgan 8 tagina masjid boigan
3
. Qolgan masjidlar buzib
tashlangan, yopib qo„yilgan yoki boshqa maqsadlarda
foydalanilgan yo
qonunsiz faoliyat ko„rsatgan.Qoraqalpog„iston Respublikasi Beruniy tumani
hududidagi payg„ambar Muhammad Sallolohu alayhi vassallamning
sahobalaridan Sulton Vays boboga atab IX asrda qurilgan maqbara va
masjidning tillodan yasalgan jihozlari, har xil buyumlari 30-
yillarda talon-
taroj qilindi. Madrasa esa buzib tashlandi.
1935-yilga oid maiumotlarga qaraganda, Buxoro shahrida- gi
Devonbegi madrasasida Buxoro yodgorliklarini saqlash komis- siyasining
ish
yuritish xonasi, ekskursiya bazasi joylashtirilgan. Ko„kaldosh madrasasi
va Devonbegi xonaqosida Buxoro shahar muzeyi boiimi joylashdi. Masjidi
Kalondan g„alla ombori sifatida foydalanganlar, Qo„shmadrasada
paxta
saqlangan.
Xuddi o„sha 1935-yilgi ma‟lumotlarda ta‟kidlanishicha, Mir Arab
madrasasi, Bahovuddin Naqshband mozori hamda masjidi va boshqalar
diniy markazlar sifatida qoralab kelingan. 1938-yilda Beshkentda antiqa
«tarixiy voqea» ro„y berdi. Shu kuni partiya va ijroiya qo„mitalarining
qo„shma hay‟ati majlisi boiadi.
Unda Mamanazarov, Jmak, Otaboyev,
Jovliyev, Aslanova, Doroshenko, Shaxobiddinovlar qatnashgan. Qo„shma
hay‟at «Kasbi qishloq
Do'stlaringiz bilan baham: