O'zbekiston tarixi


-  §. Sho‘ro hukumati va islom dini


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

8- 
§. Sho‘ro hukumati va islom dini 
Sho„ro hukumati va Kompartiya Turkistonda Oktabr harbiy 
to'ntarishini amalga oshirgan birinchi kundan boshlab xalqimizning milliy 
va diniy qadriyatlarini poymol qilish yo„lini tutdi. Bu mohiyatan tushunarli 
holdir. Chunki, qizil mustamlakachilar xalqi- mizni milliy va diniy 
ma‟naviyatini o„zgartirmasdan turib bu o„lkada uzoq muddatda hukmronlik 
qila olmasliklarini yaxshi bilar edilar. Ammo bu ishni bolsheviklar birdaniga 
emas, ayyorlarcha, asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirib 
bordilar. Rossiya Sho„ro Respublikasi XK Soveti 1917-yil 20-noyabrda 
e‟lon qilgan va V.I.Lenin imzolagan «Rossiya va Sharqning barcha 
musulmon 
mehnatkashlariga» 
murojaatida «Sizning din va urf-
odatlaringiz... bundan buyon erkin va daxlsiz...»
1
deb eion qilinadi. 
1918-yil 23 noyabrda esa V.I.Lenin imzosi bilan «Cherkovni davlatdan 
va maktabni cherkovdan ajratish haqida» dekret eion qilindi. Bu dekret 
RSFSR va SSSR Konstitutsiyalari asosida tuzilgan 0„zbekiston SSRning 
1927 va 1937-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari uchun asos qilib 
olindi va vijdon erkinligi g„oyasi ilgari surildi. Amalda esa mutlaqo boshqa 
qonunlar hukmronlik qildi. 
1929- 
yil boshida L.M.Kaganovich imzosi bilan joylarga «diniy 
tashkilotlar birdan-bir legal harakat qilayotgan va ommaga ta‟sir 
ko„rsatuvchi aksilinqilobiy kuchdir», degan direktiva yuborildi. Joylardagi 
bolshevistik tashkilotlar uchun ushbu hujjat din va dindorlarga munosaba t 
uchun birdan-bir asos boidi. Sho„ro hukumati va Kompartiya «din - xalq 
uchun afyundir» degan g„oyaga amal qildi. 
Dindorlar ta‟qib va tazyiq ostiga olindi. Diniy mazmundagi kitoblar 
«reaksion» deb eion qilindi. Diniy kitoblami yo„qotish 
1
 Lenin V.I. 0‘rta Osiyo va Qozog‘iston to‘g‘risida. - Т.: 1967, 405-bet. 
413


bahonasida arab alfavitiga asoslangan eski o„zbek imlosidagi barcha kitoblar 
yo„q qilindi. Masjidlar va madrasalar buzib tashlandi. Hatto peshtoqi, 
devori, eshik yoki ustunlarida arab imlosida yozuvi bo„lgan binolarga ham 
qiron keltirildi. Saqlanib qolgan ba‟zi masjid va madrasalardan ham boshqa 
maqsadlarda foydalanildi: mineral o„g„itlar saqlanadigan omborxona
kerosin sotadigan do„kon, te- mirchixona kabilarga aylantirildi. «Hatto, 
Alloh taoloning uyi hisoblanmish masjid xudosizlar uyiga aylantirilgan. 
Ya‟ni unda ateizm muzeyi ochilgan edi»
1

20-yillaming oxirlarida Qarshi shahrida madrasalami qamoq- xonalarga 
aylantirgan ekanlar. «Xoja Abdulaziz madrasasida avax- tada yotganlarida 
hibsga olingan bechoralami yo„q joydagi azoblar bilan qiynar ekanlar. Qish 
vaqtida, deng, madrasa hovuzining muzini yorib, bandilami suvga solib 
qiynar ekanlar...»
2

Masjid va madrasalar xususida tarixiy arxiv hujjatlarida va ommaviy 
axborot vositalarida har xil ma‟lumotlar berildi. Jumladan, 0„z SSR 
Sho„rolar MIQ raisining o„rinbosari Manjara tomonidan 
1936- 
yil 1 yanvarda imzolangan ma‟lumotnomaga qaraganda, oktabr 
to„ntarishiga qadar 0„zbekiston hududida 15877 ta masjid, madrasalar va 
namoz o„qiladigan joylar
3
boigan. Pokistonlik Mavlon Ragib Hasan 
maiumotlariga qaraganda, Turkiston hududida masjid va madrasalar soni 27 
mingdan ortiq boigan
4
. Manjara ana shu masjid va madrasalardan 1936-yil l-
.yanvarigacha 8489 ta qolganligini
5
xabar beradi. Ommaviy axborot 
vositalarida masjid va madrasalarga qiron keltirish Sho„ro tarixida ikki 
marta maxsus uyushtirilganligi ta‟kidlanadi. Birinchisi 1934-1939-yillarda, 
ikkinchisi esa 1954-1955-yillarda uyushtirilgan. 
«0„zbekiston adabiyoti va san‟ati» gazetasida qayd etilishicha, 
1929- 
1939-yillarda faqat birgina Turkiston hududining 
o„zida 14.000 masjid va madrasalar yoptirilib yuborilgan yoki buzdirilgan. 
Shayxlar, imomlar va boshqa din arboblari qatag„on qilingan
6

«Vera vo 2-mire» deb nomlangan xorijda chiqadigan jumal bu to„g„rida 
yanada dahshatliroq maiumotlami beradi. Jumal 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling