O'zbekiston tarixi
' SSSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni). - Т.: 0‘zbekiston, 1977, 6-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
' SSSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni). - Т.: 0‘zbekiston, 1977, 6-bet.
2 0‘zR MDA, R-2037-fond, 6-ro‘yxat, 282-ish, 32-varaq. 592 toiashda tekischilik kuchaydi, odamlar o„rtasida mehnatga qiziqish so„nib ketdi. Hamma sohada qo„shib yozishlar odat tusiga kirdi. Oshna- og„aynigarchilik, qarindosh-urug„chilik, poraxo„rlik avjiga mindi. Ijtimoiy adolat buzildi. Ommaviy sur‟atda unvonlar, nishonlar tarqatish odat tusiga kirdi. 1979- 1982-yillar davomida 0„zbekiston SSRda 46,3 ming kishi 1 SSSRning nishon va medallari bilan mukofotlangan. Birgina 1981-yil yanvar oyida 0„zbekiston Kompartiya MQ Byurosining 17 yanvar 142-sonli va 28 yanvar 143-sonli qarorlari bilan 8627 kishi 2 SSSRning turli darajadagi nishon va medallariga tavsiya qilingan edi. Bu hisobga har xil unvonlar bilan taqdirlanganlar va 0„zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorlig„i bilan mukofotlanganlar kirmaydi. Odatda bunday unvon, nishonlar odamlaming haqiqiy mehnat natijalariga qarab emas, balki ulaming rahbarlarga «nechog„lik yaqinligi», «sadoqati» evaziga berilardi. Dabdababozlik kuchaydi. Hayotda kamchiliklami, xususan, birinchi rahbarlaming xato- larini tanqid qilish tajribasiga umuman chek qo„yildi. Ommaviy axborot vositalari: matbuot, radio va televideniya «Sharqda sotsializm va kommunizm mash‟ali bo„lgan 0„zbekistonning» sovet davrida erishgan «muvaffaqiyatlari»ni tashviqot va targ„ibot qilish bilan band edi. Haqiqiy hayot esa mutlaqo boshqacha edi. Albatta, bunday hayot uzoq davom eta olmasdi. Ikkinchidan, Sovet tuzumi amal qilgan kommunistik partiya ishlab chiqqan va asos solgan «lenincha milliy siyosat» boshi berk ko„chaga kirib qoldi. «Sovet Konstitutsiyasi bo„yicha, - deb yozadi pokistonlik Mavlon Ragib Hasan, - barcha sovet respublikalari mutlaqo suveren va mustaqil milliy davlatlardir. SSSRning barcha 15 respublikasi xorijiy davlatlarda o„z elchixonalari va konsulliklarini ochish va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a‟zo bo„lish huquqiga egadirlar. 0„zbekiston... suvereniteti va mustaqilligi, milliyligi va davlatchiligi amalda - voqelik emas, bu illyuziyadir» 3 . Sovet va Kompartiyaning milliy siyosatidagi bosh maqsadi ms boimagan boshqa millatlami umuman millat sifatida yo„q qilib yuborish - assimilyasiyalashdan iborat edi. Bu jarayon, xususan, KPSS XXII syezdining «Kommunizm qurish» dasturi qabul Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling