O'zbekiston tarixi


E t t i n c h i b o b


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet511/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   507   508   509   510   511   512   513   514   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

663


E t t i n c h i b o b
 
0‘ZBEKIST0N «QAYTA QURISH» YILLARIDA. 
MAMLAKATDA KENG QAMROVLI BO‘HRONNING KUCHAYISHI 
l- 
§. Mustamlaka saltanatini saqlab qolishga so‘nggi 
muvaffaqiyatsiz urinish 
Sovet jamiyati 80-yillaming o„rtalariga kelib ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarida boshi berk ko„chaga kirib qoldi. Bunday bo„hronli 
hodisaning asosiy sababi Sovet tuzumining jamiyat ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy taraqqiyoti talablariga bardosh beraolmaganligi, hayot sinovidan 
o„taolmaganligi va siyosiy tizim sifatida yaroqsiz boiib qolganligida edi. 
Ammo KPSS MQ Bosh kotibi M.S.Gorbachyov avtoritar tuzumni saqlab 
qolishga muvaffaqiyatsiz urinib ko„rdi. U KPSS Markaziy Qo„mitasining 
1985-yil aprel Plenumida Sovet tuzumini «qayta qurish», jamiyatning 
barcha sohalarini chuqur isloh qilishdan iborat nomaqbul konsepsiyani 
ilgari surdi.
M.S.Gorbachyov «Qayta qurishning mohiyati aynan shundan 
iboratki, u sotsializm bilan demokratiyani birlashtiradi, sotsialistik 
qurilish lenincha konsepsiyasini nazariy va amaliy jihatdan toia- to„kis 
tiklaydi», deb ishongan edi.
Biroq, qizil saltanat va kommunistik mafkura asrimizning 80- 
yillariga kelib, o„z istiqbolining porloq emasligini, aldamchilik va 
yolg„onchilikdan iborat misi chiqqan siyosat bilan mustamlaka va ulug„ 
davlatchilikka asoslangan tuzumni bundan keyin saqlab qolaolmasligini 
anglay boshladi.
Endi u obyektiv haqiqat qarshisida cho„g„ ustida turgan odam- dek 
o„zini har tarafga tashlashga, bu tahlikali va oxir-oqibati tanazzul bilan 
tugaydigan istiqbol qarshisida qandaydir yoi topish talvasasiga tushib 
qoldi. Boshqacha qilib aytganda, Sovet tuzumi milliy or-nomusi va 
vijdoni uyg„onib, o„z haq-huquqi va insoniy qadr-qimmatlarini talab 
qilayotgan, mustamlaka iskanjasida saqlanayotgan respublikalar va 
xalqlaming qonuniy milliy ozodlik toiqiniga duch keldi. Bu qudratli 
toiqin jahon xaritasidagi so„nggi va oxirgi mustamlakachi Sovetlar 
saltanatini jahannam to„riga uloqtirib tashlashi hech gap emas edi.
664


Kommunistik mafkura xohlaydimi-yo„qmi, o„z g„oyalarini qisman 
o„zgartirishi, ish uslubining yangi shakllarini izlab topishi, qisqasi, 
qandaydir o„zgarish qilishi kerak edi. Ana shu harakatlaming mahsuli 
sifatida Gorbachevcha «qayta qurish» siyosati dunyoga keldi.
Bir qarashda, qayta qurish siyosati mamlakatda demokratik 
jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolaming haq-huquqlari va erkin- 
liklarini kengaytirish borasida maium darajada ijobiy siljishlarga olib 
keldi. Biroq, bu asl manzaraning tashqi ko„rinishi edi, xolos.
Bu sirti yaltiroq, ichi qaltiroq jamiyatda oynaning teskari, ammo 
haqiqiy tomoni ham bor edi. Jumladan, 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   507   508   509   510   511   512   513   514   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling