O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet512/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

birinchidan 
eng oddiy 
haqiqatlami ochiqdan-ochiq tan olmaslik, jizzakilik, ashaddiy va ehtirosli 
siyosiy o„yinlar, turli ittifoqdosh respublikalarga «toshni paxtaga o„rab 
otish» singari tajovuzlar, Bosh kotib qiyofasidagi siyosiy chayqovchilik 
ko„rinishlari kuchayib borar edi.
Ikkinchidan, 
qandaydir siyosiy nufuzga erishish, mashhurlik da‟vo 
qilish, nom chiqarishga intilish, yirik mansab kursilarini egallash 
kasalligiga uchragan soxta «demokrat»lar o„yini avj oldi. Ayni paytda bu 
butun mamlakat bo„ylab xavf-xatar keltiruvchi surunkali kasallikka 
aylandi. Natijada ittifoqning turli burchaklarida turli ko„rinishdagi 
shiorbozliklar, so„zamolliklar, sharmandali tarzda bir-birini rad etuvchi, 
bir-birini inkor qiluvchi, to„g„ri kelib qolsa, mahv etuvchi har xil 
harakatlar yuzaga keldi. Bulaming bari butun mamlakatda siyosiy-
ma‟naviy muhitni loyqalatib yubordi.
Aslida buning o„ziga xos sabablari bor edi. Jumladan, uzoq yillar 
mobaynida inson huquqlarining cheklanganligi, so„z va fikr erkinligining 
yo„qligi, iqtisodiy hayotning jar yoqasiga borib qolganligi, mudhish 
qatag„onlaming tashkil etilishi, aholini doimiy ravishda qo„rquv va hadik 
bilan yashashga majbur qilish ana shu sabablardan edi. Qayta qurish 
siyosati, yuqorida aytganimizdek, odamlarga birmuncha erkinlik berdi.
Biroq, bu erkinlikning ma‟naviy, huquqiy, siyosiy va iqtisodiy asosi 
boimaganligi 
bois, 

shunchaki, 
o„tkinchi hodisaga aylandi. 
Hokimiyatning eng baland kursilarini egallagan kishilarda esa aniq 
dasturlar, mamlakat istiqbolini belgilaydigan, uni tanazzul botqogidan 
olib chiqishga qodir boigan siyosiy iroda, ma‟naviy qudrat, ichki 
madaniyat va donishmand davlat arboblariga xos muhim fazilatlar 
yetishmadi. Natijada ulaming o„zi ham shaklan turlicha boigan
mohiyatan bir-birini toidiradigan, ustasi farang
665


nayrangbozlarga aylanib qolishdi. Ana shu nayrangbozlikning fojiali 
mahsuli 
sifatida 
Gruziyada 
Tbilisi 
voqealari, 
Ozarbayjon 
va 
Armanistonda Togii Qorabog
1
, Qirg„izistonda 0„sh, 0„zbekistonda awal 
«paxta ishi», so„ngroq Farg„ona, Bo„ka va Parkent voqealari yuz berdi.
0„zbekistonda qaror topgan siyosiy-ma‟naviy muhit SSSR doirasiga 
kirgan boshqa respublikalarga nisbatan ancha jiddiy, tahlikali, besaranjom 
va ziddiyatli edi. Buni nimalarda ko„rish mumkin?

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling