ijodlarida o„z aks-sadosini topdi. T.Qaipberganovning «Ko„z qorachig„i»,
S.Ahmadning «Jimjitlik», Omon Muxtoming «Egilgan bosh»,
Shukur
Xolmirzayevning «Qora kaman>, «Yo„lovchi», Sharof Boshbekovning
«Temir xotin», «Eski shahar gavroshlari», Muhammad Yusufiiing «Qora
quyosh», Abdulla Oripovning «Ranj- kom», Uchqun Nazarovning «Chayon
yili», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» va
boshqa asarlar bunga misol boiadi.
Juda ko„plab ijodkorlar mustamlakachilik va turg„unlik davri illatlariga
qarshi badiiy ijodning hikoya, she‟r, publitsistika
kabi usullaridan
foydalandilar va ommani bu illatlarga qarshi kurashga chorladilar. Erkin
Vohidov, Abdulla Oripov,
Barot Boyqobilov, Shukrullo, Omon Matjon,
Jamol Kamol,
Tohir Qahhor, Rauf Parfi, Oydin Hojiyeva, Ma‟rif Jalil,
Miraziz A‟zam,
Usmon Azimov, Shavkat Rahmon, Muhammad Ali,
Yoidosh Eshbek,
Tojiddin Seytjonov, Toiiboy Qobulov, Tilovbergan
Jumamurodov, Pirlepes Toiaganov va boshqalaming fuqarolik tuyg„ulari
bilan toiib toshgan asarlari fikrimizning dalilidir. Xususan, bu borada Erkin
Vohidovning «0„zbegim» Abdulla Oripovning «Qachon xalq boiasan»,
«0„zbekiston» kabi she‟rlari e‟tiborlidir. 0„zbek shoirlari o„z she‟rlarida
hayot
muammolari, xalqning dard-hasratlariga befarqlik, loqaydlik kabi
qusurlar satirik misralarda fosh etildi.
Shoir Yusuf Jumayev o„z
taqdiriga befarq, uyquda karaxt yotgan
xalqining, millatining ahvoliga achinadi:
Ajdodlaring Temurlardan to‘ragan,
Bobolaring yeru ko‘kni so‘ragan,
Nechun seni g‘aflat xobi o‘ragan,
G‘addorlaming qoiin tutgan xalqimsan.
Vatani, millati va kelajak avlodlar oldidagi fuqarolik burchini ongli
darajada tushungan iste‟dodli shoir Shavkat Rahmon o„zining «Bashorat»
nomli she‟rida yaqin kelajakni mana bunday tasawur qilgandi:
Do'stlaringiz bilan baham: