O'zbekiston tarixi


Usha manba, R-38-fond, 2-ro‘yxat, 119-a-ish, 120-122-varaqlar va orqasi. 0‘sha


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Usha manba, R-38-fond, 2-ro‘yxat, 119-a-ish, 120-122-varaqlar va orqasi. 0‘sha 
manba, 189-varaq.
2
 «Туркестанская правда», 1922-yil 26-iyul.
149 


jarayoni boiib o„tdi. Unda Muhitdin Usmonaliyev bilan birga uning 
maslakdoshlari Yangiboy Babotboyev, Saidqori To„raqulov, Mulla Toqa 
Aliyev, Nizomboy Ishod, Qamchi Temirboyev, Omarza Shirxo„jayev va 
Satiboy Matnazarovlar otuvga hukm qilindilar
1

Shermuhammadbek Buxorodan 1922-yil mart oyida qaytib keldi. U 
istiqlolchi kuchlami ilgarigidek yagona bir markazga birlashtira olmadi. 
Aprel oyida «Turkiston Muvaqqat hukumati»ning rahbari sifatida 
Samarqandda boiib o„tgan Turkiston musulmonlari Kongressida qatnashdi. 
Unda turli muzofotlardan kelgan qo„rboshilar ishtirok etdilar. Kongress 
qatnashchilari Rossiya hukumati oldiga bir qator shartlar bilan ultimatum 
qo„ydi. Unda Sho„ro hukumati 2 oy ichida Turkistondan chiqib ketishi 
kerakligi ta‟kidlandi. Ana shu muddat davomida Turkiston ruslardan 
tozalanmasa, Turkiston hukumati Moskva bilan diplomatik aloqalami uzadi, 
Turkiston bilan Rossiya o„rtasidagi jang adolat qaror topguncha davom 
etaveradi, deyildi. Mazkur ultimatum Hamid Xo„ja boshliq 5 kishilik vakil 
orqali Ya.E.Rudzutak huzuriga yuborildi. Ammo ulaming birortasi ham 
qaytib kelmadi
2

Qizil askarlar Sho„ro hukumatining 1922-yil mart oyidagi istiqlolchi 
kuchlar bilan muzokaralar olib bormaslik va ulami majburan zo„rlik asosida 
taslim qilish to„g„risidagi buymgiga asosan iyundan boshlab yanada 
dahshatli 
hujumni 
kuchaytirdilar. 
Shermuhammadbek 
1923-yilning 
boshlarida ukasi Nurmuhammadbek bilan birga bir guruh mujohidlami 
yoniga olib Afg„onistonga o„tib ketishga majbur boidi. U bir necha bor o„z 
vatanini mustamlakachilardan ozod qilish uchun harakat qildi. Jumladan, 
1924-yilda 20 ming kishilik askar bilan Qashqar orqali Farg„ona vodiysiga 
o„tmoqchi boidi. Ikkinchi urinish 1929-yilda boigan edi. 0„shanda 
Shermuhammadbek Afg„onistondan Vaxsh daryosi orqali Sharqiy 
Buxorogao„tishgaintildi. Ammo bu urinishlaming barchasi besamar ketdi. 
Shundan so„ng u taqdirga tan bergan boisa-da, doimo qalbida Vatanni 
ko„rish 
tuyg„usi 
bilan 
umrining 
oxirigacha 
yashab 
kurashdi. 
Shermuhammadbek Afg„onistonda Turkistonlik muhojirlaming «Vatanni 
ozod qilish» tashkilotiga rahbarlik qildi. 
U 1945-yilga qadar Afg„onistonda, so„ngra Hindistonda, 1951- 1959-
yillarda Pokistonda, undan so„ng to umrining oxirigacha - 1970-yil 10-
martga qadar Turkiyaning Adana shahrida yashadi. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling