O'zbekiston tarixi


«Yosh Turkiston». Istanbul, 1930-yil, 11-son; Rustambek Shamsutdinov. Farg‘ona


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
«Yosh Turkiston». Istanbul, 1930-yil, 11-son; Rustambek Shamsutdinov. Farg‘ona 
qo‘rboshilari. Fan va turmush», 1997-yil, 2-son, 24—25-betlar. 
2
 Glende Frezer. K.o‘rsatilgan adabiyotlar. 
3
Rajabov Q.Q. Farg'ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy 
rivojlanish bosqichlari (1918-1924-yillar). - Toshkent, 1994, 146-bet.
4
0‘sha manba.
152 


va 4000 dan ortiq sara mujohid jangchilar oidirilgan va safdan chiqarilgan. 
Sho„rolarga qarshi shafqatsizlarcha va mardonavor jang qilgan 
qo„rboshilardan yana biri - Rahmonqul qo„rboshi edi. U hozirgi Tojikiston 
Respublikasining Xo„jand viloyatiga qarashli Asht tumanining Ashoba 
qishlog„ida tug„ilgan. U dushmanga qarshi 6-yil jang qiladi, o„nlab 
qo„rboshilar va minglab mujohid vatanparvarlar Rahmonqulning ishonchli 
jangchilari boiganlar. Shahobiddin Yassaviy (Xo„ja Ahmad Yassaviy 
maqbarasi shayxining o„gii) «Turkiston achchiq haqiqatlari» kitobida 
Rahmonqul qo„rboshi haqida bunday yozadi: «Ko„p shuhratga ega boigan 
hushyor va botir qo„rboshi. Dushmanga bergan zarbalari shoyoni zikrdir»
1

Haqiqatan ham Rahmonqul qo„rboshi o„zining tog„dagi qishlogi Ashobada 
kuchli istehkom qurib, Qurama togiari xalqi orasida va Namangan viloyatida 
katta mavqega ega boigan. Qizil askarlami ko„plab qirgan, ularga pandlar 
bergan. 
Qizil armiya razvedka boshqarmasi tayyorlagan «1922-yil 
1- 
martga qadar Farg„onada bosmachilikning paydo boiishi va 
rivojlanishining qisqacha ocherki»da Rahmonqul qo„rboshi haqida ham 
maiumotlar bor: «Rahmonqul tojik boiib, mutlaqo savodsiz odam... Juda 
ayyor va makkor kishi, ruslami ko„rarga ko„zi yo„q». 
Bosqinchilar tomonidan tayyorlangan bu hujjatda Rahmonqulga nafrat 
kuchli boiganligi tushunarli va tabiiy bir holdir. Ammo uning rus xalqiga 
qarshi qo„yilishi va «tojik» deb ko„rsatilishi haqiqatga xilofdir. Chunki 
Rahmonqul ham boshqa qo„rboshilar singari rus xalqini emas, balki Rossiya 
bosqinchilarini «ko„rarga ko„zi yo„q» edi. Ammo uning otarga o„qi doimo 
tayyor boiganligi haqiqatdir. Shuningdek, u tojik emas, balki o„zbek boigan. 
Qizil armiya Rahmonqulni qoiga tushira olmagach, uning qarorgohi atrofida 
tog„ qishloqlari aholisiga bir necha bor hujum qilib, qirginbarotlar 
uyushtirdi, aeroplan (samolyotlardan) tinch aholi ustiga hisobsiz bombalar 
yog„dirdi. 
Ana shundan so„ng Rahmonqul qo„rboshi yana o„ziga xos jasoratni 
namoyish etdi, uni tutib bermagan xalqi «gunohi»ni o„z bo„yniga olib, 1923-
yil oktabr oyida 40 ta yigiti va 4 ta yordamchisi bilan ixtiyoriy sur‟atda 
taslim boidi. 
Sho„ro hukumati bir yildan so„ng, 1924-yilning kuzida Rahmonqulni 
Qo„qon shahrida sud qilib, 10 ta eng yaqin maslakdoshi bilan birga otib 
tashladi. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling