O'zbekiston tarixi
Boymirza Hayit. «Bosmachilik» Turkistonning 1917-1934-yillardagi milliy ozodlik
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Boymirza Hayit. «Bosmachilik» Turkistonning 1917-1934-yillardagi milliy ozodlik harakati, 319-333-betlar. 2 Rajabov Q. Farg'ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy revolyutsiya bosqichlari (1918-1924), 1995, mart. 154 1924— 1926-yillar davomida Farg„ona vodiysida harakat qilgan istiqlolchi kuchlarga «Turkiston» nomi bilan tarixga kirgan aksionerlik jamiyati katta yordam bergan 1 . Bu jamiyatning Markazi Toshkentda edi. Uning rahbari Saidnosir Mirjalilov va Tolibjon Musaboyev bo 4 lgan. Jamiyat 1924-yilda Toshkentda tashkil topgan va 1926-yilda tugatildi. Jamiyat o„z oldiga konsperativ nuqtai- nazardan savdo-sotiq ishlari bilan shug„ullanishni bosh maqsad qilib qo„ygan bo„lsa-da, amalda milliy- ozodlik uchun kurash olib borayotgan vatanparvarlami moddiy tomondan qo„llab-quvvatlash masalasini o„z faoliyatining diqqat markaziga qo„ygan. Ana shu nuqtai-nazami e‟tiborga olib jamiyat a‟zolari istiqlol uchun kurashga o„z hissalarini moddiy tomondan qo„shishlari lozim edi. Toshkent viloyat xalq maorifi bo„limining xodimi Oriijon Hamid mulla jamiyatga a‟zo bo„lgach 2500 so„m pul va 2000 pud don bilan o„z hissasini qo„shgan 2 . Huddi shuning singari Qayumxo„ja Orifxonov, Usmonxo„ja To„xtaxo„jayevlaming har biri 500 puddan bug„doy bergan edilar 3 . «Turkiston» jamiyatining vakillari Sho„ro va Kompartiya ido- ralarida yashirincha o„z faoliyatlarini olib borganlar. Ular Hu- ritxo„ja Obidxo„jayev, Hoji Iskandarov, Abdusalim Niyoz, Sa‟dulla Tursunxo„jayev, G„ulom Ikromov 4 va boshqalardir. Bundan tashqari j amiyat faoliyatida G „ ulom Yusupov, Yoqubxo „j a Bahriddinxo „j ay evlar alohida o'rinda boiganlar 5 . «Turkiston» jamiyatining Farg„ona vodiysi va umuman 0„rta Osiyo hududida qo„mita va boiimlari bo„lgan. Ayniqsa Qo„qon, Farg„ona, Andijon, Namangan, 0„sh shaharlari, Xorazm, Samarqand va Buxoro 6 viloyatlaridagi tashkilotlari faollikda oldingi safda boiganlar. Xullas, 1918-1934-yillar davomida Vatan mustaqilligi, xalq va millat erkinligi uchun ozodlik kurashiga otlangan milliy istiqlol fidoyilarining aziz va mo„tabar joylari jannatda bo„lsin. Ular ko„rsatgan jasorat va qahramonliklar hamisha mustaqil 0„zbekiston fuqarolarining qalb to„rida yashaydi va ulami yangidan-yangi zafarlarga chorlaydi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling