O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
Xonlikning
ijtimoiy-siyosiy tuzumi Xiva xonligi bosh vaziri 122 ! ! ! katini bostirish va davlat yaxlitligini saq lash uchun kurash vositasi edi. Bu qo‘shin yaxshi uyushmagan, harbiy tartib-intizom bo‘sh, nihoyatda sodda qurollangandi. Xonning muntazam qo‘shini yasovul boshi boshqa- radigan 1,5 ming kishidan iborat edi. 1873-yildan boshlab Xiva qo‘shini faqat ichki tartibni saqlash vazifasinigina bajargan. Xonlik ma’muriy jihatdan 18 ta beklik va 2 ta noiblikka bo‘lingan edi. Ulardan eng yi rik lari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot hisoblangan. Ular ning har biriga xon tomonidan ta- yinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi. Xonlikda ikkita kichik vi- loyatlar ham bo‘lib, ularni xon noiblari boshqarardi. Xiva shahri va uning tevaragi bevosita xonning tasarrufida bo‘lgan. Mavjud boshqaruv appa- ratidagi mansabdor shaxslar dehqon va hunarmandlardan yig‘iladigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi. Mehtar (bosh vazir) va devonbegi (devonxona mutasaddisi) xon- ning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bo‘lgan. Xonlikdagi sud- lov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilar edi. Islom dini ruhoniylari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda katta ta’sirga ega edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazlaridan biri sa nalardi. Shaharda 160 dan ortiq masjid va dindorlarning qadam josiga aylangan 60 dan ziyod avliyoning daxmasi mavjud bo‘lgan. Mamlakat- da 1,5 ming ga yaqin maktablar faoliyat yuritardi. Bu maktabni bitirgan talabalar ning ayrimlari oliy (madrasa) o‘quv yurtida o‘qishni davom etti- rib, 10 yilgacha ta’lim olishardi. Bunda asosiy fanlar sifatida arab gram- matikasi, islom huquqi va falsafasi, shuningdek, qo‘shimcha ravishda elementar arifmetika va geometriya o‘qitilardi. Madrasa talabalari im- tihon sinovlari topshirganlaridan so‘ng bo‘shab qolgan qozilik, imomlik yoki boshqa biror nufuzli lavozimlarni egallashlari mumkin edi. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling