O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Yangi usul
maktablari
Sаdriddin Аyniy
mustamlakachi 
hukumatning yangi 
usul maktablariga 
qarshi kurashi


138
O‘quv adabiyotlari nashrlariga senzura joriy qilindi. Mustamla-
kachi hukumatning jadidlarga qarshi kurashiga mahalliy mutaassib 
dindor-ruhoniylar ko‘maklashdilar. Yangi usul maktablariga, ayniqsa, 
ma’muriyat vakillari va ayrim din peshvolari qarshi turgan.
Natijada 1911-yilda 50 ga yaqin jadid maktablari yopib qo‘yildi. 
Jadid maktablarini ochish tashabbuskorlari qattiq nazorat ostiga olindi. 
1913-yilga kelib Buxoro amirligida barcha jadid maktablari yopildi.
1870-yildan boshlab Turkiston general-gubernatorli-
gining rasmiy nashri – «Tуркестанские ведомости» 
va uning o‘zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloya-
tining gazeti» muntazam chiqib turdi. Uning muharriri mustamlakachilik 
tuzumi ning targ‘ibotchisi N. Ostroumov edi.
1906-yilda Ismoil Obidov muharrirligida ilk bor o‘zbek milliy gaze-
tasi «Taraqqiy» nashr etildi. Gazetaning birinchi soni chiqqan sana, ya’ni 
27-iyu n hozirda O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari 
xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
Jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati faqatgina maktablarda emas, 
balki matbuotchilik faoliyati, jumladan, gazetalarning ko‘plab vujudga 
kelishida ham ko‘rindi. 1906-yilda Ismoil Obidovning muharrirligida 
«Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muhar rirligida «Xurshid», 1907–
1908-yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «Shuhrat», Ahmadjon Bek-
temirov muharrirligida «Osiyo» gazetalari chop etildi. Ma’rifatchilikning 
yangi to‘lqinida 1913–1915-yil larda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», 
«Sadoi Farg‘ona», «El bayrog‘i», «Ken gash», «Ulug‘ Turkiston», «Tu-
ron» gazetalari, «Oyna» jurnali, 1917-yil da esa «Hurriyat», «Farg‘ona 
sahifasi» kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo‘ldi. Bu davr-
dagi nashrlar orasida «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalari-
ning milliy o‘zlikni anglashdagi xizmatlari katta bo‘ldi. Uning ikki yillik 
(1914–1915) faoliyati davomida milliy ziyolilarning vatanparvar qatlam-
lari tomonidan millat ozodligi va ravnaqini tarannum etuvchi, xurofot 
kabi eski aqidaparastlikni qoralovchi ko‘plab maqolalar e’lon qilindi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling