141
!
!
!
O‘lkadagi ilmiy tadqiqotlar imperiya uchun harbiy-siyosiy nuqtayi
na zardagi ahamiyati bilan birinchi o‘rinda turardi. 1871-yilda
tashkil
etilgan O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati mablag‘ yo‘qligi tufayli 1893-yilda
o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati ancha faol ish boshladi. Jamiyat
nashr ettirgan «Turkistonning qishloq xo‘jaligi» jurnali sohadagi ishlab
chiqarish, yerlarni sug‘orish, dehqonchilik
va yerdan foydalanish bora-
sidagi ilg‘or usul larni targ‘ib qildi. Qishloq xo‘jaligi jamiyati mustam-
lakachilar manfaatidan kelib chiqib, paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha
ilmiy tad qiqotlar bilan shug‘ullandi. Mahalliy iqlim sharoitiga moslash-
gan o‘ziga xos O‘rta Osiyo paxta navidagi dastlabki hosil yetishtirildi.
1876-yil
Toshkentda Turkiston muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi
davlat muzeyi) tashkil etildi. 1870-yili Toshkentda
Turkiston xalq kutub-
xonasi tashkil etilishi ham O‘rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojla-
nishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Undagi kitoblarning aksariyat qismi
Turkiston tarixi va tabiatiga oid nodir asarlar bo‘lgan.
O‘zingizni sinang!
O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati – ...
1870-yilda – ...
1876-yilda – ...
Rus tadqiqotchilari – ...
Bu davrda bir qator
adabiyot namoyandalari yeti-
shib chiqdi. Shulardan biri o‘zbek demokratik
shoiri Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy bo‘lib, u bitgan satirik she’r larida
hukmdorlar va ruhoniylar xatti-harakatlari tanqid qilinadi. Zavqiy erk va
ozodlikni tarannum etgan she’rlari uchun zindonga tashlandi.
Sharq adabiyoti uchun an’anaviy bo‘lgan janr
she’riyat edi. Turkistonda she’riyatning
shakl va
maz muni bir-biridan farqlanuvchi va ba’zan bir-
biriga zid bo‘lgan so‘fiylik va tanqidiy-realistik
oqim mav jud edi. Shoirlar va yozuvchilar o‘z ijod-
larida xalq dardini, davrning dolzarb muammolarini
aks ettirishga harakat qilganlar. Ular orasida
Muqi-
miy, Furqat, Zav qiy, shoira Anbar otin, Avaz O‘tar
o‘g‘li, Ahmad Do nish va boshqalarning ijodini alo-
hida ajratib ko‘rsatish mumkin. She’rlaridagi haq-
qoniylik va samimiylik
ularni mashhur xalq shoir-
lariga aylantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: