O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Atamalar izohi
Kontributsiya – mag‘lub davlatning g‘olib davlat foydasiga pul to‘lovi.
Pristan (ruscha – kelib to‘xtamoq) – daryolar sohilida qayiqlar, kemalar 
to‘xtaydigan, maxsus jihozlangan joy – bandargoh.
Savol va topshiriqlar
1. Xiva xonligining bosib olinishidagi dastlabki harakatlar haqida gapiring.
2. Xivaga qarshi K. P. Kaufman nima uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdi?
3. Xivaga qarshi yurish qanday tashkil qilindi?
4. Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligi ahvoliga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
?
?
Xiva xonligidagi bozor


39
12-§. QO‘QON XONlIGINING BOSIB OlINIShI
Rossiya imperiyasi XIX asrning 50–60-yillarida har-
biy istilochilik yo‘li bilan Qo‘qon xonligi hududi-
ning bir qismini bosib oldi. K. P. Kaufman xonlikda 
o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida 1868-yilda xon 
bilan shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra xon likda Rossiy a 
savdogarlariga katta imkoniyatlar berildi. Bu davrda xonlik yerlari an-
cha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Urush natijasida 
ko‘rilgan zararlar xalq ommasi zimmasiga tushdi, soliq va majburiyatlar 
ko‘paydi. Buning oqibatida xonlikda ichki nizolar, xalq noroziligi kuchaydi.
XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligida ko‘plab qo‘zg‘olonlar 
bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri 1875-yil bahorida avj olib, unga Mulla Is’hoq 
Mullo Hasan o‘g‘li «Po‘latxon» nomi bilan rahbarlik qildi. Qo‘qon 
hukmdori Xudoyorxon qo‘zg‘olonni bostirish uchun Abdurahmon Ofto-
bachi, Iso Avliyolar boshchiligida qo‘shin yubordi. Lekin ular 17-iyulda 
qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketdi. Xudoyorxonning o‘g‘li Nasriddin-
bek ham qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgandan so‘ng, 20-iyulda Xudoyorxon 
K. P. Kaufmandan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Uning ukasi va ik-
kinchi o‘g‘li ham qo‘zg‘olonchilar 
tomoniga o‘tib ketgach, xon general-
gubernatordan panoh izlab Toshkentga 
ketdi. K. P. Kaufman uni Orenburgga 
jo‘natdi. Xudo yorxon Orenburgdan 
Hindiston orqali Makkaga boradi va 
u yerdan qaytib kelayotganda kasal-
ga chalinib, 1882-yilda Afg‘onistonda 
vafot etdi.
Xudoyorxondan so‘ng taxtga Nasriddinbek o‘tirdi. 
Taxtni egallashga harakat qilgan Po‘latxon Nasrid-
dinbek va Abdurahmon Oftobachiga qarshi bo‘lib 
qoldi. Qo‘qon xonligida siyosiy vaziyat keskinla shib, 
qo‘zg‘olon butun vodiyni qamrab oldi. Mustamla-
kachi hukumat qo‘z g‘olonchilarga qarshi katta har-
biy kuchlarini yuborgan. Janglar keskin davom eta-
yotgan vaqtda Nasriddinbek mag‘lubiyatdan qo‘rqib, 
1875-yil 22-sentabrda taslim bo‘ldi va fon Kaufman 
bilan shartnoma imzoladi. Unda o‘zini imperator ning 

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling