O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxtaning Rossiyaga jo‘natilishi 61 Mustаmlаkаchilik jаbr-zulmining
- 17-§. TURKISTONDA mIllIy-OZODlIK hARAKATlARINING BOShlANIShI VA UNING SABABlARI
Savol va topshiriqlar
1. Mustamlaka davrida iqtisodiyotning qaysi sohalari rivojlangan va unga sabab nima? 2. Mustamlakachilik siyosati mahalliy hunarmandchilikka qanday ta’sir ko‘rsatdi? 3. Paxta va boshqa boyliklar nima uchun faqat xomashyo sifatida kerak edi? 4. Turkistonning qaysi viloyatlari paxta yetishtirish markazlari bo‘lgan? ? ? Paxtaning Rossiyaga jo‘natilishi 61 Mustаmlаkаchilik jаbr-zulmining kuchаyishi IV B O‘ l I m XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDAGI mIllIy-OZODlIK hARAKATlARI Bo‘limni o‘rganish natijasida: ► Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va sabab- lari; ► 1885–1890-yillarda Turkistondagi xalq qo‘zg‘olonlari; ► podsho ma’muriyati jazolash siyosatining kuchayishi; ► Toshkentda «Vabo isyoni», 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘olonlari; ► aholining XIX asr ikkinchi yarmidagi milliy-ozodlik harakatlari ya- kunlari va ahamiyati to‘g‘risida bilib olasiz. 17-§. TURKISTONDA mIllIy-OZODlIK hARAKATlARINING BOShlANIShI VA UNING SABABlARI Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib ol- gach, mahalliy aholining milliy davlatchilik, ozod- lik tuyg‘ularini so‘ndirishni asosiy vazifa deb hi- soblagan. Bu vazifani amalga oshirmay turib, o‘z hukmronligini osongina saqlab bo‘lmasligini podsho hukumati yaxshi bilar edi. Har qanday mustamlakachi davlat harbiy va bosqinchilik yo‘li bilan bosib olgan hududning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydala- nishga harakat qiladi. Turkistonda ham xuddi shu taxlitda ish yuritilib, o‘lkani Rossiya imperiyasi ning asosiy xomashyo bazasiga aylantirish- ga kirishildi. O‘lkada sanoat ishlab chiqarish rivojlana borib, kapitalis- tik munosabatlarga asta-sekin yo‘l ochila yotgan bo‘lsa-da, bu xalqning moddiy ahvolini yaxshilamadi, balki korxona xo‘jayinlari, savdogarlar, amaldorlarning boyishiga yo‘l ochib berdi. Yer-mulkning boylar va yirik savdogarlar qo‘lida to‘plana borishi kam yerli dehqonlarning, chorakorlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Sudxo‘rlik mislsiz darajada avj oldi. Qarz beruvchi kassa mablag‘laridan faqat ayrim vositachilar – boylar, sudxo‘rlar, savdogarlar va shunga o‘xshash yulg‘ichlar foydalanib, uni o‘zlari xohlaganlaricha tasarruf qi- lardilar. Paxtani sotib oluv chilar dehqonning nihoyat darajada muhtoj bo‘lib qolganligidan foydalanib, kelasi yil hosiliga juda past narx belgi- lab, qarz berardi. Sudxo‘r changaliga tushib qolgan dehqon xo‘jalik mus- 62 taqilligidan mahrum bo‘lib, qarz bergan kishi nimani buyursa, shuni ekishga majbur edi. Qarz va nasiyalardan foydalanish avj olgan sari dehqonlarning ahvoli to- bora yo monlashib, qashshoqlikka yuz tutgan. U lar qarzlar tufayli o‘z yerlarini sotib yubo rishga majbur bo‘lganlar. Turkistonning mustamlakaga aylan- tirilishi nafaqat dehqonlarning, balki ming lab oilalarning tirikchiligini tebratib turgan hunarmand-kosiblarning ham ahvolini og‘irlashtirdi. Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari bilan O‘rta Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiy qiyinchiliklar, ya- shash sharoitining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, mehnat majburiyatla- rining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomonlashib ketdi. Bunday holat kambag‘allar safining yanada ko‘payishiga olib keldi. Bularning barchasi o‘lka xalqlarining siyosiy mustamlaka zulmiga tushishi, milliy davlatchilik ning yo‘qotilishi va hukmron ma’muriyat tomonidan har to- monlama kamsi tilishiga sabab bo‘ldi. XIX asr oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalq- ning ma’ naviy jihatdan kamsitilishi, mahalliy urf- odatlarga zid bo‘lgan qarorlarning qabul qilinishi natijasida Turkiston Rossiya imperiyasining milliy- ozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylandi. (O‘lkaning turli joylarida ko‘tarilib kelayotgan bu qo‘zg‘olonlarning harakatlanti- ruvchi kuchi, asosan, dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblardan iborat aholining kambag‘al qismi bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniy- lar, milliy g‘ururini yo‘qotmagan mulkdorlar, savdogarlar ham ishtirok etdilar.) Mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli joylarida norozilik chiqishlari bo‘lib turdi. Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozirgi Mar- hamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon bosh chiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi huku- mat kuch bilan bostirdi. 1879-yilning kuzida mahalliy aholi Farg‘ona vi- loyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ildi. Ular Marg‘ilon uyezdida soliq to‘plash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib, soliqlarning kamaytirilishini qat’iy talab qildilar. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling