O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Xo‘jaligi va 
mashg‘ulotlari
Qoraqalpoq bezaklari


77
!
!
!
O‘zingizni sinang!
Qoraqalpoqlarning mashg‘ulotlari ... 
Qoraqalpoqlarda dehqonchilik ...
XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullari-
da urug‘ munosabatlari mustahkam tarzda davom 
etdi. Xitoy-qipchoq, mang‘it va kenagas qabilalari 
tarkibidagi urug‘lar «o‘n to‘rt urug‘» – aris (urug‘) 
birlashmasini tashkil qilgan. Arislar orasida eng 
yirigi o‘n to‘rt urug‘ bo‘lsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o‘rinda shul-
luk va joungurni birlashtirgan aris-qo‘ng‘irotlar turar edi. Ularda yer-suv 
mulki, chorva mahsulotlari urug‘niki deb hisoblansa-da, urug‘ oqsoqol-
lari, ruhoniylar va biylar ning ulushi katta miqdorni tashkil qilgan. Bu hol 
XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada 
tezlashtirdi. 
Qoraqalpoq urug‘larini boshqarish biy va uning oqsoqollari qo‘lida 
bo‘l gan. Urug‘ biylarini Xiva xonlari tayinlar va mansabga tayinlanganli-
gini tasdiqlovchi yorliq berar edi. 
Biylar qo‘l ostidagi urug‘ a’zosini 
jazolar, loyiq deb bilgan odamlariga 
tortiq va had yalar in’om qilardi. Xiva 
xonining ishon chini qozongan biylar-
ning vako latlari yanada kengaytirilib, 
ularga alohida muruvvat ko‘rsatilgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmida bu-
tun qoraqalpoq urug‘larini bosh qa -
rish, soliqlarni undirish, harbiy xiz -
matni o‘tash majburiyatlariga doir ishlarni tar tib ga solish maqsadida bek­
larbegi la vo zimi tayin etilgan. Ayrim tumanlarni idora qilish uchun esa 
xon o‘zining qarindosh-urug‘lari va ishonchli odamlarini qoraqalpoqlar 
yashayotgan quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududlariga jo‘natib turgan. 
Islom dini asoslarini qoraqalpoq xalqi orasida mustahkamlash, yoshlarini 
Xiva madrasalariga jo‘natib turish uchun Xivadan musulmon ruhoniylari 
ham jo‘natilgan.
Qoraqalpoqlarda urug‘chilik o‘ziga xos qadriyat 
bo‘ lib, uning ta’siri oila va qarindoshchilik mu-
nosabatlarida ko‘zga tashlanib turar edi. Har bir 
urug‘ o‘z qav mining mustahkamligini ta’minlashga intilgan. 

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling