O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Qo‘zg‘olonlarning ahamiyati – … 
Eng ko‘p noroziliklar bo‘lib o‘tgan hududlar – ...
Savol va topshiriqlar
1. XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlar Turkistonning qaysi hududlarida keng 
tus oldi?
2. XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlarning oqibatlari va ahamiyati haqida ni-
malarni bilib oldingiz?
3. XIX asr oxirida Turkistondagi xalq qo‘zg‘olonlarining asosiy sabablarini 
sanab be ring.
4. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Qo‘zg‘olon rahbari
Sanasi
Sabablari
Oqibatlari


75
V B O‘ l I m
XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASR 
BOShlARIDA QORAQAlPOQlAR
21-§. XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASR 
BOShlARIDA QORAQAlPOQlARNING hUDUDIy 
JOylAShUVI VA IJTImOIy hAyOTI
Tarixan qoraqalpoqlar Ural, so‘ngra Volga bo‘y la-
rida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havza-
lari etaklarida yashab kelganlar. Ularning ko‘chib 
yashashlariga ko‘proq tashqi omillar sabab bo‘ldi. Nihoyat, ular XIX asr 
boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g‘arb to mon-
larida muqim hayot tarziga o‘ta boshladilar. Qoraqalpoqlar goh qozoq-
lar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi 
fuqaroligiga o‘tdilar. Quyi Amudaryoning katta cho‘l va suv chiqmagan 
cho‘lga tutash sho‘rxok yerlarini ular o‘zlarining mashaqqatli mehnati 
evaziga o‘zlashtirdilar. O‘troq hayotga o‘ta boshlagach, dehqonchilik bi-
lan shug‘ullanish qoraqalpoq lar hayo tida asosiy o‘rinni egallay boshladi. 
Shunday bo‘lsa-da, chorvachilik ham qoraqalpoqlar hayotida yetakchi 
sohalardan biri bo‘lib qolaverdi.
XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida 
bo‘lib, ular Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida va Orol dengiziga qu-
yiladigan yer larda yashagan. Ularning soni o‘sha vaqtda taxminan 100 
ming nafardan osh magan. Qoraqalpoqlarga berilgan yerlar xonlik mulki 
sanalgan, ular bu yerlar uchun soliqlar to‘laganlar. Har xil majburiyat-
larni bajarganlar. 
Qoraqalpoqlar urug‘larga bo‘lingan, ularda yerdan 
foydalanish jamoa tariqasida kechar edi. Urug‘-
lar sug‘orish kanallari qazilishi uchun mas’ul 
bo‘lishgan. Chorva xususiy mulk bo‘lgani bois unga urug‘ tam g‘asi uri-
lar va jamoa yaylovlarida boqilar edi. Qoraqalpoqlarning har bir ovul 
aholisi bitta urug‘ga mansub edi. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq 
bo‘lishi uchun Muhammad Rahimxon I «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllan-
tirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirgan. Ulusni boshqa-
rish xonning ixtiyorida edi. Urug‘lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga 
birlashtirilib, ularni boshqarish uchun xon saroyining oliy amaldorlari – 

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling