O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Xonlikning 
ijtimoiy-siyosiy
tuzumi
Xiva xonligi bosh 
vaziri


122
!
!
!
katini bostirish va davlat yaxlitligini saq lash uchun kurash vositasi edi. 
Bu qo‘shin yaxshi uyushmagan, harbiy tartib-intizom bo‘sh, nihoyatda 
sodda qurollangandi. Xonning muntazam qo‘shini yasovul boshi boshqa-
radigan 1,5 ming kishidan iborat edi. 1873-yildan boshlab Xiva qo‘shini 
faqat ichki tartibni saqlash vazifasinigina bajargan.
Xonlik ma’muriy jihatdan 18 ta beklik va 2 ta noiblikka bo‘lingan 
edi. Ulardan eng yi rik lari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko‘hna Urganch, 
Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot hisoblangan. Ular ning har biriga xon tomonidan ta-
yinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi. Xonlikda ikkita kichik vi-
loyatlar ham bo‘lib, ularni xon noiblari boshqarardi. Xiva shahri va uning 
tevaragi bevosita xonning tasarrufida bo‘lgan. Mavjud boshqaruv appa-
ratidagi mansabdor shaxslar dehqon va hunarmandlardan yig‘iladigan 
soliqlar hisobidan kun kechirar edi.
Mehtar (bosh vazir) va devonbegi (devonxona mutasaddisi) xon-
ning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bo‘lgan. Xonlikdagi sud-
lov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham o‘lim 
jazosi qo‘llanilar edi.
Islom dini ruhoniylari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda katta 
ta’sirga ega edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazlaridan biri 
sa nalardi. Shaharda 160 dan ortiq masjid va dindorlarning qadam josiga 
aylangan 60 dan ziyod avliyoning daxmasi mavjud bo‘lgan. Mamlakat-
da 1,5 ming ga yaqin maktablar faoliyat yuritardi. Bu maktabni bitirgan 
talabalar ning ayrimlari oliy (madrasa) o‘quv yurtida o‘qishni davom etti-
rib, 10 yilgacha ta’lim olishardi. Bunda asosiy fanlar sifatida arab gram-
matikasi, islom huquqi va falsafasi, shuningdek, qo‘shimcha ravishda 
elementar arifmetika va geometriya o‘qitilardi. Madrasa talabalari im-
tihon sinovlari topshirganlaridan so‘ng bo‘shab qolgan qozilik, imomlik 
yoki boshqa biror nufuzli lavozimlarni egallashlari mumkin edi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling