O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Yodda tuting!
Xiva xoni mamlakatni o‘zi mansub bo‘lgan qo‘ng‘irot urug‘i 
zodagonlari, saroy a’yonlari va oliy ruhoniylar guruhi ma-
dadiga tayanib boshqargan.
O‘zingizni sinang!
yasovulboshi – ... mehtar – ... Qo‘ng‘irotlar – ...


123
Yer egaligi
yerga ishlov berish. XIX asr oxiri
Soliq va
majburiyatlar
Yer davlat boyligining birlamchi omilidir. Bu boylik 
dehqonlar mehnati evaziga qo‘lga kiritiladi. Dehqon-
lar mehnati yer unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni rivojlan-
tirishga qaratilgan. Bu borada Xiva xonligi dehqonlari ham mirishkor 
edilar. Xonlikda g‘alla yetishtirish qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i 
bo‘lib, asosan, sholi, jo‘xori hamda suli ko‘p yetishtirilar edi. XIX asr-
ning 90-yillaridan boshlab Rossiya bilan savdo-sotiqning rivojlanishi na -
tijasida paxta yetishtirishga ixtisoslashuv ham jadal kechdi.
Xonlikdagi yerlarning aso siy qismi xon va uning amaldorlariga te-
gishli edi. Amaldor va a’yonlarga haq sifatida Xiva xonlari ularga dav-
lat yerlari hisobidan ehsonlar qilishardi. Bundan tashqari xon va uning 
amaldorlari, qarindoshlari soliq lardan ozod etilgandi.
Yer maydonlarining kat ta qismi diniy muassasalar tasarrufida bo‘lib, 
xonlikdagi jami sug‘oriladigan yerlarning 40% i masjidlar mulki hisob-
langan. Xususan, 64 ta masjid va madrasa XIX asrning oxirgi choragida 
205 ming tanobdan ziyod yerga egalik qilgan. Bu xonlarning dindorlarga 
nisbatan hurmat va izzatining ifodasi ham edi. Xususan, vaqf yerlari va 
XIX asrning oxi rida qariyb 4 ming ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan 
ozod etilgandi.
1873-yildan so‘ng hosildor yerlarning katta qis-
mi Rossiya tasarrufiga o‘tishi oqibatida xonlik 
ma’ muriyati sarf-xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlari-
ni yangi soliqlarni joriy etish yoki ilgari mavjud bo‘lganlarini oshirish 
yo‘li bilan qoplay boshladi. Xiva xonligida turli majburiyatlar, doimiy 
yoki favqulodda soliqlarning qariyb 25 turi mavjud bo‘lgan. Dehqonlar 


124

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling