O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Qo‘qon xonligidagi 
ichki siyosiy 
nizolarning 
kuchayishi
m. D. Skobelev
Qo‘qon qo‘shinlari


40
Namanganning
bosib olinishi
«sodiq quli» deb tan olishi, tashqi siyosatda hech qanday bi timlar tuza 
olmasligi, ikki million rubl tovon to‘lashi, Sirdaryo ning o‘ng sohili-
dagi yerlar – Namangan va Chust Rossiya ixtiyoriga o‘tganligi belgi-
langan edi. Bu yerlarda tashkil qilingan Namangan bo‘limiga general
M. Skobelev boshliq etib tayinlanadi.
Nasriddinbek imzolagan shartnomadan norozi bo‘l gan aholi yana 
qo‘zg‘olon ko‘tardi. Po‘latxonning tarafdorlari soni oshdi va buning na-
tijasida u Nasriddinbekni siqib chiqarib, hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. 
Po‘latxon qo‘zg‘olonining kuchayib ketishidan xa-
votir ga tushgan mustamlakachi hukumat ularni tor-
mor qilish uchu n Andijonga hujum qildi. Chunki 
qo‘zg‘olonchilar ning asosiy kuchlari shu yerda joylashgan edi. 
General M. Skobelev boshchiligidagi hujum 1875-yil oktabr oyi bo-
shida boshlandi. Shahar kun davomida to‘plardan o‘qqa tutildi. Andijon 
aholi si mudofaa janglarida shaharning har bir qarich 
yeri uchun jon-jahdi bilan kurashdi. M. Skobelev 
boshchili gidagi qo‘shinning dastlabki urinishlari jid-
diy qarshilikka uch radi. Shundan so‘ng podsho hu-
kumati qo‘shinlari barcha imorat va xonadonlarga 
o‘t qo‘yib, shaharni yong‘in ichida qoldirdi. Shahar 
to‘xtovsiz ravishda artilleriyadan o‘qqa tutib turildi. 
Bu shahar himoyachilarini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. 
Uch soat davom etgan betinim o‘qqa tutishdan so‘ng 
kechqurun podsho hukumati qo‘shinlari yana hujum-
ga o‘tdi. Lekin bu hujum ham natija bermadi. Erta 
tongdan boshlab yana to‘plardan kun bo‘yi o‘q yog‘dirildi. Biroq sha-
har himoyachilarining qarshi hujumga o‘tishi podsho qo‘shinlarini che-
kinishga majbur qildi. Shahar 1876-yil yanvarda uyushtirilgan ikkinchi 
hujum natijasida qiyinchilik bilan egallandi.
Rossiya imperiyasining general M. Skobelev bosh-
chiligidagi qo‘shinlari 1875-yil 18-oktabrda Naman-
ganga joylashib, K. P. Kaufman qo‘mondonligi osti-
dagi harbiy kuchlarga qo‘shildi. Mustamlakachi qo‘shinlarga qarshilik 
harakatlari Namanganda bir oy davom etdi. Shaharni ozod etish uchun 
atrofdagi qishloq lardan qo‘shimcha kuchlar keldi. Shunga qaramasdan, 
podsho qo‘shinlari tomonidan shaharning yarmi qo‘lga kiritildi. Pod-
sho hukumati harbiy qo‘shini uch kun davomida shahar qal’asida turdi. 
Ikki tomon o‘rtasida janglar 1876-yil yanvar oyi oxirigacha davom etdi. 

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling