O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar 1.
- 12-§. QO‘QON XONlIGINING BOSIB OlINIShI
Atamalar izohi
Kontributsiya – mag‘lub davlatning g‘olib davlat foydasiga pul to‘lovi. Pristan (ruscha – kelib to‘xtamoq) – daryolar sohilida qayiqlar, kemalar to‘xtaydigan, maxsus jihozlangan joy – bandargoh. Savol va topshiriqlar 1. Xiva xonligining bosib olinishidagi dastlabki harakatlar haqida gapiring. 2. Xivaga qarshi K. P. Kaufman nima uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdi? 3. Xivaga qarshi yurish qanday tashkil qilindi? 4. Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligi ahvoliga qanday ta’sir ko‘rsatdi? ? ? Xiva xonligidagi bozor 39 12-§. QO‘QON XONlIGINING BOSIB OlINIShI Rossiya imperiyasi XIX asrning 50–60-yillarida har- biy istilochilik yo‘li bilan Qo‘qon xonligi hududi- ning bir qismini bosib oldi. K. P. Kaufman xonlikda o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida 1868-yilda xon bilan shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra xon likda Rossiy a savdogarlariga katta imkoniyatlar berildi. Bu davrda xonlik yerlari an- cha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Urush natijasida ko‘rilgan zararlar xalq ommasi zimmasiga tushdi, soliq va majburiyatlar ko‘paydi. Buning oqibatida xonlikda ichki nizolar, xalq noroziligi kuchaydi. XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligida ko‘plab qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri 1875-yil bahorida avj olib, unga Mulla Is’hoq Mullo Hasan o‘g‘li «Po‘latxon» nomi bilan rahbarlik qildi. Qo‘qon hukmdori Xudoyorxon qo‘zg‘olonni bostirish uchun Abdurahmon Ofto- bachi, Iso Avliyolar boshchiligida qo‘shin yubordi. Lekin ular 17-iyulda qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketdi. Xudoyorxonning o‘g‘li Nasriddin- bek ham qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgandan so‘ng, 20-iyulda Xudoyorxon K. P. Kaufmandan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Uning ukasi va ik- kinchi o‘g‘li ham qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketgach, xon general- gubernatordan panoh izlab Toshkentga ketdi. K. P. Kaufman uni Orenburgga jo‘natdi. Xudo yorxon Orenburgdan Hindiston orqali Makkaga boradi va u yerdan qaytib kelayotganda kasal- ga chalinib, 1882-yilda Afg‘onistonda vafot etdi. Xudoyorxondan so‘ng taxtga Nasriddinbek o‘tirdi. Taxtni egallashga harakat qilgan Po‘latxon Nasrid- dinbek va Abdurahmon Oftobachiga qarshi bo‘lib qoldi. Qo‘qon xonligida siyosiy vaziyat keskinla shib, qo‘zg‘olon butun vodiyni qamrab oldi. Mustamla- kachi hukumat qo‘z g‘olonchilarga qarshi katta har- biy kuchlarini yuborgan. Janglar keskin davom eta- yotgan vaqtda Nasriddinbek mag‘lubiyatdan qo‘rqib, 1875-yil 22-sentabrda taslim bo‘ldi va fon Kaufman bilan shartnoma imzoladi. Unda o‘zini imperator ning Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling