O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Gilam to‘quvchilar
Milliy-оzоdlik 
hаrаkаtlаrining 
bоshlаnishi


63
!
!
!
Qo‘zg‘olon kuchayib ketishi eh-
timolini sezgan podsho hukumati ko-
missiya tuzib, vaziyatni o‘rganishga 
kirishdi. Komissiya viloyatda paxta 
ekish ning keng ko‘lamda avj oldiri-
lishi, natijada boshqa mu him ekinlar 
keskin ka mayganligi bunga sabab bo‘l-
ganini ma’lum qilgan.
1880-yilning noyabrida aholi ham-
ma soliq larni to‘lagan ligiga qara-
may, Xo‘jand uyezdi ning boshlig‘i 
Xo‘jand va O‘ra tepa tumanlaridagi 
To‘g‘on qurilishi. XIX asr oxiri
aholidan qo‘shimcha yer solig‘i oli nishini e’lon qil di. Buning oqibatida
sabr kosasi to‘lgan aholi Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar bosh chiligida 
odamlar uyezd bosh lig‘ining mahkamasiga bo rib, adolatsiz soliqni bekor 
qi lishni talab qildi. Bunga javoban boshliq mirshablarga namoyish rah-
barlarini hibsga olishni buyurdi.
Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli 1882-
yilning boshlarida Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib 
chiqdi. Bu safar ular uyezd boshlig‘ining uyini o‘rab oldilar. Uyezd 
ma’murlari harbiy bo‘linmani yordamga chaqirib, namoyishchilarni qat-
tiq jazoladi.
1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zgolonlari qaytadan 
avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi 
qo‘zg‘olonchilar kurash usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlari-
ning qarorgohlariga hujum uyushtirdilar. Shu yillarda qo‘zg‘olon birin-
ketin butun viloyatga yoyildi.
1896-yilda Namangan uyezdining Oqsuv–Shahrixon volostidagi Nay-
manchi, Ko‘h na mozor, Langarbob qishloqlarida aholining mingboshilar 
saylovlaridagi noro ziligi oshkora qo‘zg‘olonga aylanib ketdi. Turkistonda 
podsho hukumatining hukmronligi, amalga oshirayotgan mustamlakachi-
lik siyosatiga qarshi o‘lkaning har bir joyida mahalliy aholi tomonidan 
turli ko‘rinishdagi norozilik harakatlari olib borildi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling