O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Qo‘zg‘оlоnning 
bоstirilishi
hibsdagi Dukchi eshon


71
Qo‘zg‘оlоnchilаrning 
xаtоlаri
!
!
!
xususan, harbiy vazir A. N. Kuropatkin yangi tayinlangan Turkiston 
general-gubernatori S. M. Duxovskoyga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik 
haqida telegramma jo‘natdi. Unda o‘lim jazosini katorga va qamoq jazo-
siga almashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi, lekin 22 kishiga berilgan 
o‘lim jazosi o‘z kuchida qoldi. 
1898-yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon mahalliy aholining o‘z jonlari-
ni xavfga qo‘yib, mustamlakachilik zulmiga qarshi kurash olib borish-
lari mumkinligini ko‘rsatdi. Ular qo‘llariga qurol olib, toptalgan haq-
huquqlari, orzu-umidlari uchun jang qildilar. Qo‘zg‘olon izsiz ketmadi. 
U keng xalq ommasiga ozodlik uchun kurash sari yo‘l ko‘rsatdi va ming-
lab odamlarni mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi faol kurashishga il-
homlantirdi. 
1898-yilgi qo‘zg‘olon garchi tor-mor etilgan bo‘lsa-da, mahalliy 
xalqlar ning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to‘xtata olmadi. 
O‘lkaning turli hududlarida norozilik harakatlari turli ko‘rinishlarda da-
vom etdi. Qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tgandan keyin bir yil o‘tib, 1899-yil 20-
iyunda Farg‘ona vodiysida yana yangi qo‘zg‘olon boshlandi. Mustam-
lakachilikka qarshi qo‘zg‘olonlar Turkiston o‘lkasining deyarli barcha 
hududlarida davom etdi. Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi uchun eng 
notinch, to‘xtovsiz norozilik harakatlari va qo‘zg‘olon bo‘lib turadigan 
hududga aylanib qoldi. 
O‘zingizni sinang!
N. Korolkov – ...
 
 Katorga – ...
1898-yil 25-iyunda ... 
 
 1899-yil 20-iyunda ... 
1898-yilda Andijonda boshlangan qo‘zg‘olon ham 
o‘lkaning boshqa joylarida bo‘lib o‘tgan qo‘z-
g‘olonlar singari mustamlakachi hukumatning 
harbiy kuchlari tomonidan bostirildi. Qurolsiz qo‘zg‘olonchilar yaxshi 
qurollangan mustamlakachilarga qarshi kurashlarda g‘alaba qilishi amri-
mahol edi. Bu qo‘zg‘olonni mag‘lubiyatga olib kelgan sabablardan biri 
unin g o‘lka bo‘ylab keng yoyilib ketmaganligi va mahalliy aholining 
barcha tabaqalari unda ishtirok etmaganligi bo‘ldi. 
Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachilarga qarshi qaratilgan harakatlari 
bilan eng avvalo o‘lkadagi jabr-zulmga chek qo‘yilishiga erishmoqchi 
bo‘l gan edilar. Qo‘zg‘olonni tashkil qilishdan boshlab unga boshchilik qi-
lishgacha qat’iy tartib va intizom yo‘qligi qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiya-


72
!
!
!
tiga yana bir sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olon ko‘targanlarning tarqoqligi, aniq 
reja ishlab chiqilmaganligi, hamma bir vaqtda ko‘tarilmaganligi ularga 
pand berdi. Xususan, Ketmontepa va Ko‘gartdagi odamlarga boshchilik 
qilgan Chibil bo‘lisi Dukchi eshonga zudlik bilan qo‘shilish o‘rniga 
atrofida joylashgan mustamlakachilarga qarshi kurash olib borishga 
harakat qilib taktik xatoga yo‘l qo‘ydi. Aholining ayrim tabaqalari 
qo‘zg‘olonga qo‘rqqanidan, ba’zilar qo‘zg‘olon g‘alaba qozonishiga 
ishonmagani uchun qo‘shilmadi.
Dukchi eshonning yetarli darajada tayyorlanmay, harbiy sohadan be-
xabar, yaxshi qurollanmagan muridlari bilan ochiqchasiga qo‘zg‘olon 
ko‘ targanligi mustamlakachilarning qo‘zg‘olonni osonlik bilan bostirishi-
ga imkon berdi. O‘lkada hukmron bo‘lib olgan mustamlakachi hukumat 
qo‘zg‘olonni bostirishga erishdi. Andijonda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon na-
faqat Turkiston o‘lkasi ma’muriyatini, balki Rossiya imperiyasi hukuma-
tini ham qattiq xavotirga solib qo‘yadi. Qo‘zg‘olondan keyin o‘lkaning 
har bir hududida norozilik kayfiyatidagi barcha aholini qattiq nazorat-
da ushlab turishga qaratilgan choralar ko‘rildi. Har qanday norozilik 
ko‘rinishdagi harakatlarni ayovsiz bostirishga kirishildi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling