O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOShlARIDA QORAQAlPOQlARNING hUDUDIy JOylAShUVI VA IJTImOIy hAyOTI
Qo‘zg‘olonlarning ahamiyati – …
Eng ko‘p noroziliklar bo‘lib o‘tgan hududlar – ... Savol va topshiriqlar 1. XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlar Turkistonning qaysi hududlarida keng tus oldi? 2. XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlarning oqibatlari va ahamiyati haqida ni- malarni bilib oldingiz? 3. XIX asr oxirida Turkistondagi xalq qo‘zg‘olonlarining asosiy sabablarini sanab be ring. 4. Quyidagi jadvalni to‘ldiring. Qo‘zg‘olon rahbari Sanasi Sabablari Oqibatlari 75 V B O‘ l I m XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASR BOShlARIDA QORAQAlPOQlAR 21-§. XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASR BOShlARIDA QORAQAlPOQlARNING hUDUDIy JOylAShUVI VA IJTImOIy hAyOTI Tarixan qoraqalpoqlar Ural, so‘ngra Volga bo‘y la- rida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havza- lari etaklarida yashab kelganlar. Ularning ko‘chib yashashlariga ko‘proq tashqi omillar sabab bo‘ldi. Nihoyat, ular XIX asr boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g‘arb to mon- larida muqim hayot tarziga o‘ta boshladilar. Qoraqalpoqlar goh qozoq- lar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi fuqaroligiga o‘tdilar. Quyi Amudaryoning katta cho‘l va suv chiqmagan cho‘lga tutash sho‘rxok yerlarini ular o‘zlarining mashaqqatli mehnati evaziga o‘zlashtirdilar. O‘troq hayotga o‘ta boshlagach, dehqonchilik bi- lan shug‘ullanish qoraqalpoq lar hayo tida asosiy o‘rinni egallay boshladi. Shunday bo‘lsa-da, chorvachilik ham qoraqalpoqlar hayotida yetakchi sohalardan biri bo‘lib qolaverdi. XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bo‘lib, ular Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida va Orol dengiziga qu- yiladigan yer larda yashagan. Ularning soni o‘sha vaqtda taxminan 100 ming nafardan osh magan. Qoraqalpoqlarga berilgan yerlar xonlik mulki sanalgan, ular bu yerlar uchun soliqlar to‘laganlar. Har xil majburiyat- larni bajarganlar. Qoraqalpoqlar urug‘larga bo‘lingan, ularda yerdan foydalanish jamoa tariqasida kechar edi. Urug‘- lar sug‘orish kanallari qazilishi uchun mas’ul bo‘lishgan. Chorva xususiy mulk bo‘lgani bois unga urug‘ tam g‘asi uri- lar va jamoa yaylovlarida boqilar edi. Qoraqalpoqlarning har bir ovul aholisi bitta urug‘ga mansub edi. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo‘lishi uchun Muhammad Rahimxon I «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllan- tirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirgan. Ulusni boshqa- rish xonning ixtiyorida edi. Urug‘lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga birlashtirilib, ularni boshqarish uchun xon saroyining oliy amaldorlari – Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling