O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
Xo‘jaligi va
mashg‘ulotlari Qoraqalpoq bezaklari 77 ! ! ! O‘zingizni sinang! Qoraqalpoqlarning mashg‘ulotlari ... Qoraqalpoqlarda dehqonchilik ... XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullari- da urug‘ munosabatlari mustahkam tarzda davom etdi. Xitoy-qipchoq, mang‘it va kenagas qabilalari tarkibidagi urug‘lar «o‘n to‘rt urug‘» – aris (urug‘) birlashmasini tashkil qilgan. Arislar orasida eng yirigi o‘n to‘rt urug‘ bo‘lsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o‘rinda shul- luk va joungurni birlashtirgan aris-qo‘ng‘irotlar turar edi. Ularda yer-suv mulki, chorva mahsulotlari urug‘niki deb hisoblansa-da, urug‘ oqsoqol- lari, ruhoniylar va biylar ning ulushi katta miqdorni tashkil qilgan. Bu hol XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada tezlashtirdi. Qoraqalpoq urug‘larini boshqarish biy va uning oqsoqollari qo‘lida bo‘l gan. Urug‘ biylarini Xiva xonlari tayinlar va mansabga tayinlanganli- gini tasdiqlovchi yorliq berar edi. Biylar qo‘l ostidagi urug‘ a’zosini jazolar, loyiq deb bilgan odamlariga tortiq va had yalar in’om qilardi. Xiva xonining ishon chini qozongan biylar- ning vako latlari yanada kengaytirilib, ularga alohida muruvvat ko‘rsatilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida bu- tun qoraqalpoq urug‘larini bosh qa - rish, soliqlarni undirish, harbiy xiz - matni o‘tash majburiyatlariga doir ishlarni tar tib ga solish maqsadida bek larbegi la vo zimi tayin etilgan. Ayrim tumanlarni idora qilish uchun esa xon o‘zining qarindosh-urug‘lari va ishonchli odamlarini qoraqalpoqlar yashayotgan quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududlariga jo‘natib turgan. Islom dini asoslarini qoraqalpoq xalqi orasida mustahkamlash, yoshlarini Xiva madrasalariga jo‘natib turish uchun Xivadan musulmon ruhoniylari ham jo‘natilgan. Qoraqalpoqlarda urug‘chilik o‘ziga xos qadriyat bo‘ lib, uning ta’siri oila va qarindoshchilik mu- nosabatlarida ko‘zga tashlanib turar edi. Har bir urug‘ o‘z qav mining mustahkamligini ta’minlashga intilgan. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling