O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Sоliq vа 
mаjburiyat turlаri


79
!
!
!
so‘mdan 250 ming so‘mgacha pul yig‘ilgan. Jang harakatlari davomida 
qoraqalpoqlar orasidan ko‘plab bahodir jangchilar yetishib chiqqan va 
ular xonning iltifotiga sazovor bo‘lgan.
O‘zingizni sinang!
Qozon puli – ... 
 majburiyatlar – ... Solg‘ut – ... 
Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845–1855) 
hukm ronligining oxirlarida Rossiya imperiyasi-
ning O‘rta Osiyoga harbiy tahdidi kuchayib ketdi. 
Ular turkman sardorlari bilan qoraqalpoq oqsoqol va biylarini Xiva xoni-
ga qarshi qo‘yib, xonlikni parokandalikka uchratishga urindilar. Buning 
ustiga o‘sha vaqtda Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasida hududiy 
nizolar ham mavjud edi. Xiva xoni mudofaani kuchaytirish choralarini 
ko‘rdi. Bu ko‘plab xarajatlarni talab qilardi. Bo‘shab qolayotgan xazina-
ni to‘ldirish uchun aholiga solinadigan soliqlar miqdorini oshirib borardi. 
Rossiya imperiyasi o‘zbek, turkman, qirg‘iz, qozoq hamda qoraqalpoq 
xalqlarini bir-biriga qarshi qo‘yib, hatto turkman, qoraqalpoq, qirg‘iz, 
qozoq urug‘ boshliqlarini katta pul evaziga sotib olish siyosatini ham 
yurgizgan.
Bu jarayonlar natijasida 1855-yil qoraqalpoqlarning qo‘ldovli qabilasi-
dan bo‘lgan Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon boshlanadi. Qoraqal-
poqlar bundan buyon Xiva xonligiga bo‘y sunmasligini e’lon qiladilar. Erna-
Aholi majburiyatlari. XIX asr
Xаlq
qo‘zg‘оlоnlаri
og‘irroq bo‘ladigan turli majburiyat-
larni ham bajarganlar. Majburiyat-
lardan eng og‘iri bu har oiladan bitta 
erkak kishining 12 kun davomida ariq 
qazish ishlarida qatnashishi edi. Maj-
buriyatlarning butun og‘irligi urug‘ 
jamoasining oddiy a’zolari zimmasiga 
tushardi. Urush holatlarida aholi ning 
majburiy harbiy xizmatga chaqirilishi 
ham asosiy majburiyatlardan biri edi. 
Bunda har bir jamoa 1000 tadan 2000 
tagacha askar berishlari lozim bo‘lgan. 
Askar yetkazib bera olmagan jamoalar 
qo‘shimcha soliq to‘lagan. Safarbarlik 
pay tida bunday ja moa lardan 180 ming 


80
zarbiy Ros siya ta’sirida bo‘lgan qozoq 
urug‘ bosh liqlaridan biri Zarl iqni xon
qilib ko‘tarish va imperiya tobeli gi ga 
o‘tishga intilardi. Ros siya imperi ya-
si xuddi mana shu qabilada gi qo‘z-
g‘olon va xatti-ha rakatlarni nafaqat 
pul-mablag‘lar bilan, balki harbiy yor-
dam yuborish bilan ham qo‘llab-quv-
vat lashga uringan.
1856-yili Said Muhammadxon Xi-
va taxtiga o‘tirgach, Ernazarbiy qo‘z -
g‘olonini bostirish uchun kat ta qo‘shin yuboradi. Xivadan yu borilgan 
yasovulboshi Muham mad niyo z Ernazarbiy qo‘zg‘olonini tor-mor etish 
uchun otlandi. Buni eshitgan Er nazarbiy o‘zi qurdirgan Qozoqdaryo 
qo‘rg‘oniga joylashib olib, mudofaa jangiga tayyorgarlik ko‘rdi.
Katta qo‘shinning qamal qilishga kirishganligini ko‘rgan 
qo‘zg‘olonchilar orasida kelishmovchilik chiqadi va Ernazarbiy otib 
tashlanadi. Uni oxirigacha qo‘llab-quvvatlashga ahd qilgan guruhlar 
esa maxfiy yo‘llar orqali qal’adan chiqib, 1853-yili Rossiya qo‘shinlari 
tomonidan bosib olingan Oqmachit qal’asidan panoh topishadi. Ular 
podsho hukumatidan qoraqalpoqlarni Rossiya imperiyasi fuqaroligiga 
o‘tkazilishini so‘rab murojaat qildilar. Butun qoraqalpoq xalqi nomidan 
gapirish huquqiga ega bo‘lmagan ayrim oqsoqol yoki biylarning muro-
jaati Rossiya tashqi ishlar va harbiy vazirliklari tomonidan bo‘rttirilib, 
«Rossiyaga butun turkiy qabilalar o‘zlarini qo‘shib olishni so‘rab mu-
rojaat qilayotirlar, ular na Xiva, na Qo‘qon xonlari tarkibida bo‘lishni 
istashmayapti», – degan bahonada o‘z xatti-harakatlarini oqlashga urin-
dilar. 
1858–1859-yillarda qoraqalpoq urug‘laridan ay-
rimlari yana qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Qo‘ng‘irot shah-
ri qo‘zg‘olon markaziga aylandi. Xiva xoni qo‘zg‘o-
lonchilarni shafqatsiz jazolash va tor-mor keltirishni 
turkman jangovar kuchlari boshlig‘i Otamurodxonga 
topshirdi. Na ti jada qo‘zg‘olon ayovsiz bostirilib, uning 
markazi – Qo‘ng‘irot shahri vayron etiladi. 
Ko‘pchilik qoraqalpoqlar Rossiya imperiyasi 
tar kibiga qo‘shilishni istamay, jondosh va qondosh 
turkiy xalq – o‘zbeklar bilan birgalikda yashash aha-

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling