O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
Gandimiyon
shartnomasidan so‘ng qoraqalpoqlar hayotidagi o‘zgarishlar 82 sug‘oriladi va hech qayerda, hatto chig‘ir bilan ko‘tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi». Podsho hukumati qo‘shinlarining 1873-yil Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gandimiyon shartnomasi imzolanganidan keyin Amudaryo- ning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Ros- siya imperiyasiga qo‘shib olindi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorli- gining Sirdaryo viloyati tarkibiga ki ruvchi Amudaryo bo‘limi tashkil etil- di. Qoraqalpoqlarning Amudaryoning chap qirg‘og‘ida yashagan kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoladi. Amudaryo bo‘limida qora qal- poqlar soni qariyb 70 ming kishi- ga yetib, bu yerdagi jami aholining 48,6%ini tashkil etar edi. Rossiyadan ko‘chib kelgan odamlar qariyb ming kishi bo‘lib, Petro-Aleksand rovsk (hozirgi To‘rtko‘l)da, Uralskiy pos- yolkasida va Nukus qishlog‘ida ya- shardi. Ularning aksariyati 1875-yilda podsho hukumati tomonidan armiya xizmati to‘g‘ risidagi yangi nizomga bo‘ysunmagani uchun bu yerga surgun qilib ko‘chirilgan Ural kazaklari edi. Bu kazaklar, asosan, baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan. Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar soni 3,8% ni, ya’ni qariyb 25 ming kishini tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo‘shib olinishi natijasida podsho hukumatining O‘rta Osiyodagi ta’sir doirasi yanada kengaydi. Har ikkala hududda yashaydigan qoraqalpoqlarning 70% dan ziyodi yer siz dehqonlar bo‘lib, ular, asosan, yollanib mehnat qilishar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarga Rossiya kapitalining kirib kelishi tovar-pul munosabatlarini o‘zgartirib yubordi. Paxta tozalash va ba liqchilik sohasida dastlabki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. Ularda mahalliy aholi vakillari ham ishlay boshladi. XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarda savdo-sotiq munosabatlari rivojlanib bordi. Chimboyda aholi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy ji- hatdan birlashtirgan shahar bozori vujudga keldi. Qoraqalpoq hunarmand va dehqonlari bozor bo‘ladigan kunlarda o‘z mahsulotlarini sotish uchun Chimboyga kelishar edi. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling