O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katorga
- 20-§. mIllIy-OZODlIK hARAKATlARINING AhAmIyATI
O‘zingizni sinang!
chibil bo‘lisi – ... Qo‘zg‘olon mag‘lubiyatining sabablari – ... Atamalar izohi Eshon – dindorlar orasida obro‘ qozongan diniy rahnamo unvoni. Dukchi (forscha – yig, duk) – charxning yigirilayotgan ip o‘ralib boriladigan qismi. Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan. Kazarma (italyancha – uycha, kulba) – harbiy qism joylashtirilgan max- sus bino. Katorga – jinoyatlari uchun og‘ir mehnat sharoitida jazoni o‘tash joyi. Sаvоl vа tоpshiriqlаr 1. Andijon qo‘zg‘oloni boshlanishi sabablarini sanab bering. 2. Qo‘zg‘olonning shafqatsiz bostirilganligini qanday dalillarda ko‘rish mum- kin? 3. Andijon qo‘zg‘oloni nima uchun mag‘lubiyatga uchradi? 4. Bu qo‘zg‘olonning ahamiyati nimada? ? ? 73 20-§. mIllIy-OZODlIK hARAKATlARINING AhAmIyATI XIX asrning ikkinchi yarmidagi milliy-ozodlik ha rakatlari Turkiston o‘lkasining podsho huku- mati tomonidan istilochilik yo‘li bilan bosib olin- ganligini yana bir karra isbotladi. Istilo qilingan hududlar imperiyaning tarkibiga mustamlaka sifatida kiritilib, bu yerlar- da imperiyaning siyosiy, iqtisodiy va geopolitik manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ydi. O‘lka arzon xomashyo bazasiga, Rossiyada tayyorlangan mahsulotlar uchun tayyor bozorga, uning aholisi esa arzon ishchi kuchi- ga aylandi. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasida olib borilgan milliy- ozodlik harakatlari mahalliy aholining turli ko‘rinishlardagi chiqishlarida o‘z aksini topdi. Bularga asosiy sabab soliq va majburiyatlarning og‘irligi, mahalliy boshqaruv vakillarining sotqinlarcha podsho ma’murlariga xiz- mat qilishi, Rossiya o‘lkalaridan ko‘chirib keltirilgan aholiga yangi ekin maydonlarining bo‘lib berilishi, narx-navolarning oshib ketganligi, tur- mush sharoitlarining yomonligi kabi holatlar tufayli ro‘y berdi. Bundan tashqari mahalliy aholi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatishning yo‘qligi, yan- gi ishlab chiqarish va texnologiyalarning faqat imperiya manfaatlariga xizmat qilishi ham tub joy aholi vakillarining ommaviy ravishdagi noro- zilik chiqishlarida ishtirok etishi ga olib kelgan edi. XIX asrning o‘rtalaridan boshlangan milliy-ozodlik harakatlari o‘lkaning turli hududlarida to‘xtovsiz tarzda davom etdi. Bu davrda bo‘lib o‘tgan milliy-ozodlik harakatlarining aksariyati ma’lum bir hududlarga tegishli bo‘lsa-da, uning aks sadosi butun o‘lka bo‘ylab tarqaldi. Har bir qo‘zg‘olon boshqa joylarda ham norozilik chi- qishlarining ko‘tarilishiga hamda u yerdagi aholini ozodlik uchun mus- tamlakachilarga qarshi kurash olib borishiga ruhan ta’sir ko‘rsatdi. Qo‘zg‘olonlar bostirilgani bilan uning ishtirokchilari o‘lkaning turli hu dudlariga qochib borib, o‘z harakatlarini davom ettirdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida bo‘lgan milliy- ozodlik hara katlarida o‘lka xalqlarining deyarli barchasidan vakillar ishtirok etganligi bilan aha- miyatga ega. Shu bilan birga qo‘zg‘olonlarda aholining turli tabaqa va- killari, ya’ni dehqonlar, hunarmandlar, din ulamolari, qishloq oqsoqolla- ri, mingboshilar, qozilar va hatto katta mulk egalari, savdogarlar ishtirok etganlar. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling