O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Qo‘zg‘оlоn 
bоstirilgаndаn 
kеyingi
chоrа-tаdbirlаr
Qo‘zg‘olonchilarning shahar
hokimiga hujumi


67
!
!
!
muhofazada» deb e’lon qilingan joylarda majlis-
yig‘inlarni tarqatish, savdo-sanoat korxonalarini yo-
pish, matbuot organlarini taqiq lash, istalgan odam-
ni surgun qilish, jarima solish va boshqa huquqlarni 
oldi. «Favqulodda muhofazada» deb e’lon qilingan 
joylarda esa butun hokimiyat gene ral-gubernator 
yoki u tayinlagan bosh noib qo‘liga o‘tdi. 
Ushbu qo‘zg‘olonning bostirilishida mustam-
lakachilar o‘z manfaatlari yo‘lida xalqning urf-
odatlari, diniy e’tiqodi, milliy qadriyatlarini top-
tashdan ham qaytmasligini ko‘rsatdilar. Umuman 
olganda, mustamlakachilar har qadamda o‘zlarining o‘lkada hokim va 
istilochi ekanliklarini mahalliy aholiga namoyish qildi.
O‘zingizni sinang!
1892-yil 18-iyunda ... 
 
 
 1892-yil 24-iyunda ...
«Kuchli muhofazada»gi hududlar – …
Sаvоl vа tоpshiriqlаr
1. Mahalliy aholi huquqlarining cheklanishini nimalarda ko‘rasiz?
2. Toshkent qo‘zg‘olonining boshlanish sabablarini ayting va milliy qadri-
yatlarga nimalar kirishini izohlang.
3. Qo‘zg‘olon qachon boshlandi? Mustamlakachilar va ularga xizmat 
qiluv chilarning qaysi harakati xalqni tug‘yonga keltirdi?
4. Qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin qanday tadbirlar amalga oshirildi?
19-§. ANDIJON QO‘ZG‘OlONI
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda Rossi-
ya imperiyasi o‘rnatgan mustamlakachilik tuzumi 
mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, 
milliy, diniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadla-
riga bo‘ysundirib, xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib, 
qashshoq lanishiga olib keldi.
1886-yilgi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga 
ko‘ra o‘lkada mustamlaka siyosati qonun hujjatlari asosida mustahkam-
lab qo‘yildi. Buning natijasida o‘lka aholisiga nisbatan jabr-zulm yana-
da kuchaydi. Ushbu Nizomning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu 
o‘lkada yer masalasini mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish 

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling