O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
Jadidlarning
asosiy g‘oyalari 92 ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalar Turkistonda jadidchilikning keng yoyilishiga olib keldi. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni taraqqiyot yo‘liga olib chiqish Milliy davlat bunyod etish Konstitutsion, parlament idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish Turkiy tillarga davlat tili maqomini berish Milliy pul birligi va milliy qo‘shin tuzish Jadidlar o‘z nashrlarida jahonda va Turkiston hududida ro‘y berayotgan voqealar haqida ma’lumotlar berib borishdi. Ular bu orqali o‘z g‘oyalari mazmunini va ularni keng yoyish zarur ekanligini ko‘rsatdilar. Ma’rifatparvarlar yangi usul maktablarining Turkistonda milliy kadr- lar tayyorlash, yosh avlodni o‘qitishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdilar. XIX asr oxirida O‘rta Osiyoda yangi usuldagi maktablar sanoqli bo‘lgan bo‘lsa, 1911-yilga kelib ularning soni 63 taga, o‘quvchilarning soni 4106 nafarga yetdi. 1910-yilda Toshkentning o‘zida 24 ta jadid maktabi fao- liyat ko‘rsatib, ularda 1740 nafar bola o‘qigan. 1917-yilga kelib o‘lkada 100 ga yaqin yangi usuldagi maktablar mavjud edi. Taraqqiyparvarlarning qarashlarda xotin-qizlar ta’limi masalasi alohida o‘rin tutgan. Jadidlar, islom ma’rifatli bo‘lishni istagan ayollarga to‘sqinlik qilmaydi, deb ta’kidladilar. Islom ilm o‘rganishni erkaklarga ham, ayollarga ham farz deb hisob- lashidan kelib chiqqan holda jadidlar o‘g‘il va qiz bolalarni birga o‘qitishda tashabbuskor bo‘ldilar. Jadidchilik harakati namoyan- dalarining aso siy faoliyat la ri ma’- rifatpar varlikdan boshlan gan bo‘l - sa-da, ular ning ta’siri Turkiston- dagi mil liy-ozodlik harakatlarida g‘oyaviy rah namolari sifatida mu- him o‘rin tutdi. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling