O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar 1.
1893-yilda ...
Yodda tuting! 1893-yil Buxoroda birinchi, 1898-yil Qo‘qon shahrida ikkinchi jadid maktabi ochildi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktablarini ochadilar. Atamalar izohi Maorif (arabcha) – insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya. Jadid (arabcha) – «yangi» degan ma’noni bildiradi. ! ! ! 91 Savol va topshiriqlar 1. Turkistonda jadidchilik harakati qachon vujudga keldi? 2. Jadidchilik harakatining vujudga kelishiga qanday omillar turtki bo‘ldi? 3. Ismoil G‘aspirali va uning faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz? 4. Jadid maktablarini kimlar tashkil qilgan? 26-§. JADIDlARNING DASTURIy mAQSAD VA VAZIFAlARI O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jami- yat yara tishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshi rishda quyidagi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar: o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish, turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish, xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini yuksaltirish yo‘li bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi. Ilg‘or milliy ziyolilar faoliyatining muhim yo‘nalishi yangi usul maktab lari tarmog‘ini kengaytirish edi. Bu maktablar bolalarning tez va oson savodxon bo‘lishlarini ta’minlabgina qolmay, balki ularda fanatizm va konservatizmdan xoli bo‘lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga ham xizmat qilar edi. Ular ham Sharq, ham G‘arb madaniyati yutuqlarini egallashga intil- dilar, o‘qidilar va o‘zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ma’rifatparvarlar xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti da- rajasini ko‘ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo‘ldi. Natijada jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish va- zifasi qo‘yildi. Yangi usul maktablarida ta’lim jarayonida Yevropa standartlari me- zon qilib olingan edi. Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asos- lari si nga ri fanlar bilan bir qatorda islom ta’limoti asoslarini o‘rganishga ham katta e’tibor berilgan. Yangi darsliklar yaratish masalasi juda dolzarb bo‘lib turar edi. Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida Qozon va Orenburgda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari jadid chilik harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda ochilgan madaniy- ? ? Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling