O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
qand shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy
Download 3.7 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1914-yil boshlarida Abdulla Avloniy Toshkent shahrida
- 1916-yil Qo‘qon shahrida
- Jadid teatrining vujudga kelishi Hamza Hakimzoda Niyoziy Abdulla Avloniy
qand shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy rahbarli-
gida tashkil etildi. Bu truppada namoyish etilgan ilk asar ham uning «Padarkush» pyesasi edi. O‘zbek milliy teatri shakllanishi va rivojlanishida ulug‘ ma’rifatparvar Abdulla Avloniy va jadidlar harakati- ning atoqli namoyandasi Hamza Hakimzoda Niyoziy katta xizmat qildilar. 1914-yil boshlarida Abdulla Avloniy Toshkent shahrida «Turon» nomidagi teatr truppasini tashkil etdi va u sahnalashtirgan birinchi asar ham «Padarkush» pyesasi bo‘ldi. 1915-yilda teatrning Turkiston shaharlari bo‘ylab gastrollari zo‘r muvaffaqiyat bilan o‘tdi. 1916-yil Qo‘qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlar teatri tashkil etildi. Unda namoyish etil- gan birinchi spektakl Hamzaning «Zaharli hayot yo- xud ishq qurbonlari» pyesasi bo‘ldi. Bu pyesa o‘zbek teat ri shakllanishida ham, o‘zbek dramaturgiyasi vu- judga kelishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Te- atr chuqur mazmunli, ijtimoiy ahamiyatga molik ho- Jadid teatrining vujudga kelishi Hamza Hakimzoda Niyoziy Abdulla Avloniy http://eduportal.uz 147 disaga aylandi. 1916-yildan hozirgi Milliy teatr asoschisi Mannon Uyg‘ur va o‘zbek teatrining birinchi aktrisasi Ma’suma Qoriyeva san’atga ilk qa- damini tashladi. Shu tariqa asta-sekin Andijonda, Xivada, Buxoroda ham dastlabki milliy teatrlar tashkil topa boshladi. Buxoro shahridagi teatr ning tashkil etilishida Mannon Uyg‘urning xizmatlari beqiyos edi. Teatrlarda katta ijtimoiy va axloqiy muammolarga daxldor mavzular sahnalashtirildi. Ularda adolatsizlik, yovuzlik, zulmni qoralovchi g‘oyalar, tomoshabinlarda e’tiroz va norozilik hissini qo‘zg‘atuvchi spektakllar namo yish etildi. O‘zbek teatri – o‘zbek milliy madaniyatining ajralmas qismiga aylandi. Teatr spektakllari, o‘ziga xos va iste’dodli aktyorlar ijrosi o‘zbek xalqining bitmas-tuganmas ijodiy imkoniyat larini namoyish etdi. Xudoybergan Devonov 1878-yilda tug‘ilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy iste’dodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus tillarini o‘rgangan. Qiziquvchan o‘smir nemis tilini o‘rgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan. Gap shundaki, XIX asr oxirida Xorazmning o‘sha paytdagi hukm- dori Muhammad Rahimxon II nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga o‘lkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulug‘i Vilgelm Pen- ner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xu- doybergan bi rinchi marta fotoapparatni ko‘rgan va undan foydalanishga ruxsat so‘ragan. Keyinchalik Panor buva shogir- dining muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘lib, unga fotoapparatni sovg‘a qilgan. Shunday qilib, 1903-yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtla- rini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolar ning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon II o‘z himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki iste’dodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoybergan- ga o‘zining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni o‘z devoniga ishga taklif qilgan. An’anaviy xalq og‘zaki musiqali asarlari asrlar davomida saqlanib keldi. Xalq musiqa san’atida terma, qo‘shiq, lapar, yalla, ashula keng tarqal- Download 3.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling