151
!
!
!
Yevropa uslubidagi
binolar qurilishi
ri yaratish va tabiatdagi turli giyoh va o‘simliklardan betakror rang lar
kashf etish mumkinligini amalda isbotlab berdilar.
XX asr boshlarida tiklangan Islomxo‘ja minorasining (1908–1910)
yara tish tashabbuskori va homiysi
Asfandiyorxonning bosh vaziri,
ma’rifatli inson Islomxo‘ja edi. U bunyod ettirgan minora Xivaning fax-
riga aylandi. Qolaversa, Islomxo‘ja o‘z davrining
yirik madaniyat va
davlat arbobi edi. U Xorazm ni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qa-
torida ko‘rishni istagan, vatanini tashqi dunyo bilan bog‘lashga intilgan,
ilg‘or g‘oyalar bilan to‘lib-toshgan inson edi.
Xorazm me’morchilik maktabining e’tiborli tomoni shundaki,
peshtoq lar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va
nafosat timsoli arabiy yo-
zuvlar bilan bezatilardi. Mohir xattotlar bu yozuvlarni o‘ta mohirlik bilan
bino bezagiga uyg‘unlashtirib yubora olardilar. Yog‘och o‘ymakorligi
esa eshik, darvoza va ustunlarni o‘ymakor
naqshlar bilan bezab, o‘sha
binolarning umumiy ko‘rinishiga o‘ziga xoslik va jilo baxsh etardi.
Farg‘ona vodiysida ham o‘zbek xalq me’morchiligining o‘ziga xos
tarmog‘i mavjud edi. XIX asrning ikkinchi yarmida vodiy milliy me’mor-
chiligiga Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish an’analari ki-
rib keldi. Shunday bo‘lsa-da, XIX asr oxirlarida qurilgan Andijon jome
masjidi o‘z qurilishi bilan yuksak milliy me’morchilik namunasi bo‘lib
qoldi.
Yodda tuting!
Xorazm me’morchilik maktabining e’tiborli tomoni shun-
daki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat
timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilardi. Xattotlar bu
Do'stlaringiz bilan baham: