O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


To‘ra – yuqori tabaqaga mansub kishi. Xiva xonligida xon qarindosh- lari va yaqinlariga beriladigan unvon. Vassal


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

To‘ra
– yuqori tabaqaga mansub kishi. Xiva xonligida xon qarindosh-
lari va yaqinlariga beriladigan unvon.
Vassal
– bir davlatning boshqa bir davlatga bo‘ysunish tartibi.
Savol va topshiriqlar
1. 
K. P. Kaufman nima uchun Samarqandga yurish qildi?
2. 
Zirabuloq jangida amir qo‘shinlari nima uchun mag‘lubiyatga uchradi?
3. 
Samarqandda xalq harakatlariga kimlar boshchilik qildi?
4.
1868-yilgi shartnomaga ko‘ra amirlikning qaysi hududlari Rossiya impe-
riyasi ixtiyoriga o‘tdi?
5. 
1873-yildagi shartnomaning mohiyatini aytib bering. 
?
?
http://eduportal.uz


36
Xiva xonligiga
qarshi harbiy
yurishlarning
boshlanishi
11-§. XIVA XONlIGI USTIDAN ROSSIyA ImPERIyASI 
PROTEKTORATINING O‘RNATIlIShI
Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoda istilochilik yurish-
lari natijasida bosib olingan hududlarda dastlab mus-
tahkam o‘rnashib oldi. Xiva xonligiga qarshi olib bo-
riladigan harbiy yurishga besh yil tayyorgar lik ko‘rdi. 
Yurish uchu n bunday uzoq tayyorgarlik ko‘rishning 
asosiy sababi A. Bekovich-Cherkasskiy boshchiligi dagi qo‘shinning 
mag‘ lubiyatga uchraganligi (1717) bo‘lsa, boshqa yana bir sabab 1839-
yilda V. Pe rovskiy boshchiligidagi qo‘shinlarning Xiva xonligigacha 
yetib borolmay orqaga qaytib ketganligi bo‘ldi. Xonlikni bosib olish 
Rossiya imperiyasi uchun Amudaryoni qo‘lga kiritish edi. Amudaryo-
ni egallash birinchi navbatda suv manbasi, suv orqali savdo aloqalari, 
daryoning quyi oqimidagi tekisliklarda gi serhosil yerlardan foydalanish 
imkoniyatlariga ega bo‘lish hisoblangan.
Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo istilo qilinishining uchinchi 
bosqichi (1873–1879-yillar) davomida Xiva xonligining istilo etilishi ham 
amalga oshirildi. Hujum g‘arbda Mang‘ishloq, shimolda Orenburg, sharqda 
Turkiston va janubda Krasnovodsk kabi to‘rt harbiy okrugdan olib borildi. 
Bunda 12 mingdan ortiq askar, 4600 ot va 20 ming tuyadan iborat harbiy 
qo‘shin ishtirok etgan. Bu qo‘shinga K. P. Kaufman boshchilik qildi. Maz-
kur ko‘p sonli harbiy qo‘shin 1873-yil fevralda o‘zlari o‘rnashgan joylari –
Toshkent, Orenburg, Mang‘ishloq va Krasno vodskdan deyarli bir vaqtda 
yo‘lga chiqdi. Xiva xonligiga olib boruvchi yo‘llarning yomonligi, dastlab 
25 daraja sovuqda, keyin 40 darajadan yuqori haroratda yo‘l yurish juda 
qiyin kechdi. Bundan tashqari cho‘llarda 60 darajagacha jazirama bo‘lishi, 
suvsiz dashtlardagi yo‘llar tufayli harbiy qo‘shin manzilga yetmasdanoq 
safl ari siy raklashib bordi. Uning katta qismi yo‘lda kasalga chalindi, bir 
qismi halok bo‘ldi va bir qismi orqaga qaytib ketdi. Xivaga 7,5 ming
kishigina yetib bordi. Krasnovodsk va 
Mang‘ishloqdan Xiva tomon yurgan qo‘-
shinlar jazirama issiq va suv yetishmasli-
gidan aziyat chekkanligi, holdan toygan-
ligi sababli yo‘lning yarmidan ortga qay-
tishga majbur bo‘ldi. Faqatgina Toshkent
Orenburg yo‘nalishidan yo‘lga chiqqan 
qo‘shinlar 1873-yil may oyida Xiva xon-

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling