O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Yodda tuting! 
chorizm istilosi ko‘pgina sabablar bilan bir qatorda, av va-
lambor, o‘sha paytda mavjud bo‘lgan siyosiy bosh boshdoqlik, 
hukmron kuchlarning uzoqni ko‘ra olmasligi, ma’naviy zaifligi 
oqibatida ro‘y berganini tarixiy misollar isbotlab turibdi. 
http://eduportal.uz


44
Savol va topshiriqlar
1. 
Qo‘qon xonligining bosib olinishiga nimalar sabab bo‘lgan?
2. 
Qo‘qon xonligini bosib olish uchun jang ko‘proq qayerlarda bo‘ldi?
3. 
Farg‘ona viloyati qachon va qayerda tashkil qilindi?
4. 
Mag‘lubiyat sabablarini sanab bering.
5. 
Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
?
?
Hudud nomi
Bosib olingan yil
Bosib olgan shaxs
Jang tafsiloti
Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy-hududiy tuzilishi
http://eduportal.uz


45
Boshqaruvning 
mustamlakachi-
lik tartiblari
III B O‘ l I m
ROSSIyA ImPERIyASINING TURKISTONDAGI 
mUSTAmlAKAchIlIK SIyOSATI
13-§. TURKISTON GENERAl-GUBERNATORlIGINING
SIyOSIy-mA’mURIy BOShQARUV TIZImI
Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini 
o‘r natish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilin-
gan joy larni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, eng av-
valo, mus tamlakachilar o‘zla riga mos bosh qaruv 
tartiblari ni ishlab chiqishi va uni o‘lkada joriy qilishi kerak edi. Mus-
tamlakachilik siyosatining to‘liq amalga oshirilishida boshqaruv tartib-
lari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurish-
lari bilan birga turli ko‘rinishlarda tashkil qilinib, tajriba-sinovlardan 
o‘tkazilgan holda o‘zgartirib borilgan.
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosa-
tining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan hududlar 
kenga yib borgan. Bosib olingan hududlarni boshqarish tartiblari va uning
qan day bo‘lishi kerakligi masalasi juda ko‘p hamda uzoq vaqt imperi-
ya hukm ron doiralarida turli soha vakillari ishtirokida muhokama qilin-
gan. Ush bu masalani hal qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko‘zlab ish 
ko‘rish, hech nimada ta vakkal qilmaslik tamoyiliga tayangan holda ish 
olib borilgan. Turkiston gene ral-gubernatori S. M. Duxovskoy (1898–
1901): «Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, 
etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini 
talab qiladi», – degan edi.
Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil 
6-avgustda Alek sandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi 
Muvaqqat Nizom»ni tasdiqlaydi. Boshqaruv harbiy zobitlar qo‘liga 
o‘tadi. Ushbu nizomda boshqaruv tizimi «Harbiy-xalq boshqaruvi» nomi 
bilan gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtirila-
di. Viloyat bo‘limlarga bo‘linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida 
harbiy komendant ham hisoblangan. Bo‘lim boshliqlariga mahalliy aholi 
ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat vakillaridan tayinlana-
digan boshqaruvchilar bo‘ysungan. 
http://eduportal.uz


46
1908–1910-yillarda Turkiston o‘lkasini podsho topshirig‘i bilan taf-
tish qilgan senator K. Palen ta’kidlaganidek, «o‘lkada eng kichik aha-
miyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida» bo‘lgan. 
Mahalliy aholi vakillariga boshqaruvning eng quyi bosqichidagi lavo-
zimlar berilgan. Bularga volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqso-
qollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan.
General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijro-
chi organ hisoblangan. Rossiya imperiyasidagi hech bir gubernada bunday 
katta vakolatga ega bo‘lgan boshqaruv organi mavjud bo‘lmagan. Turkiston 
o‘lkasi ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, ularni o‘z qo‘lida 
fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqar-
gan. Vilo yatlar uyezdlarga bo‘linib, ular harbiy zobitlar boshqaruvida bo‘lgan. 
Uyezdlar uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uchast-
kalarni uchastka pristavlari boshqargan. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoning 
bosib olingan hududlarida o‘z hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkam-
lashni birinchi darajali vazifa hisoblagani uchun dastlab boshqaruv sohasida 
katta o‘zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo‘lgan 
mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi 
saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning saqlab qolinishiga asosiy sabab ma-
halliy aholi ning ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholi-
ning an’anaviy turmush tarziga katta o‘zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni 
keltirib chiqarishi mumkin edi. Bundan tashqari yangi bosib olingan yer-
larda hali qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv 
tizimida faoliyat olib boruvchi odamlar bo‘lmagani, o‘lka sharoitini to‘liq 
bilmasliklari dastlabki vaqtda mahalliy aholi vakillarining quyi boshqaruv-
da ishtirok etishiga yo‘l bergan. Quyi boshqaruv tizimining saqlab qolinishi 
o‘lka ma’muriyatiga imperiya manfaatlari uchun xizmat qiladigan, o‘lkadagi 
sharoitlarni yaxshi biladigan mahalliy aholi vakillaridan o‘zlariga eng 
ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muam-
mosini ko‘ndalang qo‘yardi. Uni hal qilish-
da imperiya hukumati Turkiston dagi hukm-
ronlikning dastlabki vaqtidayoq ishlab chi-
qilgan saylov tizimi yordam berdi.
Uyezdlar volostlarga, volostlar o‘t-
roq aho li yashaydigan hududlarda qish-
loqlarga, chorvador aholi yashaydigan 
hu dudlarda esa ovul larga bo‘lindi. Bosh-
qaruv tizimi ning quyi bosqichida volost 

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling