O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 3.7 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zingizni sinang! O‘rta Osiyoga Rossiya imperiyasi bosqinining ... yillarda uchinchi bos- qichi bo‘ldi. M. D. Skobelev – …
A F G ‘ O N I S T O N
Astrobod BUXORO XIVA Mashhad Kushka Qarshi Uzunada Qizilarvat Ashxobod Guryev Astraxan Novopetrovsk (1846) Novo Aleksandrovsk) (1834–1846) Oqmachit (Qizilo‘rda) Raim Turkiston Avliyoota (Taroz) Qo‘ng‘irot Krasnovodsk (1869) Toshkent Chimkent Yorkent Qoshg‘ar QO‘QON Xo‘jand Samarqand Shahrisabz Termiz Qunduz Mozori Sharif OROL DENGIZI Volga Volga Rossiya hududi. Rossiya qal’alari (asos solingan yil). Harbiy yurishlar: 1860–1866, 1876-yil. 1866–1868-yillar. 1873-yil. 1877–1881-yillar. Bosib olingan yerlar: 1860-yilgacha. 1860–1870-yillar. 1871–1885-yillar. 1895-yil. 1868-yil, Buxoro. 1873-yil, Xiva. Bosib olingan yerlar. 1895-yilda Rossiya chegarasi. 1873–1879-yillar. http://eduportal.uz 42 ! ! ! Farg‘ona vodiysining bo‘ysundirilishi bilan Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga istilochilik yurishining uchinchi bosqichi (1873–1879) nihoyasiga yetdi. Bu yurishlar natijasida O‘rta Osiyoning katta hududi bosib olinib, Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirildi. O‘zingizni sinang! O‘rta Osiyoga Rossiya imperiyasi bosqinining ... yillarda uchinchi bos- qichi bo‘ldi. M. D. Skobelev – … O‘rta Osiyoni bosib olishning to‘rtinchi bosqichi Amu daryo va Kapettog‘ oralig‘idagi Qoraqum sar- hadlaridagi turkmanlarga qarshi qaratildi. 1879-yil iyulda Angliya Afg‘oniston hududining bir qismini bosib olgandan so‘ng ing lizlar uchun O‘rta Osiyoga yo‘l ochildi. Shuning uchun 1879-yil iyulda Krasnovodskdan I. Lazerev bosh chiligidagi harbiy qo‘shin turkmanlar ya shaydigan hududlarga jo‘natildi. Bu yo‘nalishdagi dastlabki harakat- larda podsho hukumati qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘qon xonli- giga qar shi harbiy yurishlarda tajribasi katta bo‘lgan general M. Skobelev boshchiligidagi qo‘shin 1880-yil may oyida ikkinchi yurishni boshladi. 1881-yilda uch oy davom etgan janglardan so‘ng qamalga olingan turk- manlar qal’asi – Go‘kte pa qo‘lga olindi. Buning natijasida istilo qilingan yerlarda Kaspiyorti viloyati tashkil qilin di. Turk manlarning batamom bo‘ysundirilishi esa 1885-yildagina amalga oshirildi. Turkmanlarning asosiy qal’asi Go‘ktepa bo‘ysundirilgach, 1881-yilda Rossiya va Eron o‘rtasidagi chegaralar belgilandi. Shu yili Sharqiy Turkis- tonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan bos tirilishi bilan Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi chegaralar ham belgilandi. Shu harakatlar bilan Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo hududidagi istilo chilik yurishlarining to‘rtinchi bosqichi (1880–1885) tugadi. Shunday qilib, istilo qilingan hududlarda besh viloyat, ya’ni Sirdaryo, Yettisuv, Farg‘ona, Samarqand va Kaspiyorti viloyatlari tashkil qilinib, ular Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Rossiya imperiyasining XIX asr o‘rtalaridan boshlab amalga oshiril- gan harbiy isti lochilik yurishlari natijasida Buxoro amirligi va Xiva xon- ligi im periyaning protektoratiga aylantirildi. Qo‘qon xonligi esa batamom tuga tildi. Download 3.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling