O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

XIX asrda
qoraqalpoqlar
Qoraqalpoqlarning
ijtimoiy hayoti
http://eduportal.uz


76
!
!
!
otaliq va beklarbegi ta yinlangan. Ayrim vilo yatlarni boshqarish uchu n 
tayinlangan hokimlar, odatda, xonning yaqin qarindoshlari bo‘lishgan. 
Qoraqalpoq ruhoniylari, eshonlari va aholining nufuzli kishilari Xiva 
xonlarining alohida homiyligida bo‘lgan. Qoraqalpoqlar orasida sudlarning 
ikki turi – qozilar sudi va biylar sudi mavjud edi.
O‘zingizni sinang!
XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar … Qoraqalpoqlar ... yashaganlar
XIX asr o‘rtalarida ...
 
Sudlarning ikki turi – ...
Qoraqalpoqlar XIX asrning ikkinchi yarmiga ke-
lib o‘troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy 
o‘rin ni egallay boshladi. Ammo chorvachilik ham 
yetakchi sohalardan biri bo‘lib qolaverdi. Dehqonchilik ishlari qizg‘in 
vaqtlarda qoraqalpoq oilalari ekinzor yerlarning qulay bir joyiga o‘z 
o‘tovlarini qurib mehnat qilganlar. Ana shunday tinch mehnat bilan band 
bo‘lgan paytlarda bosqinchilik bilan boylik orttirishni kasb qilib olgan 
qaroqchi guruhlar qoraqalpoqlar o‘tovlariga to‘satdan hujum qilar edi. 
Bu kutilmagan bosqin natijasida ular ko‘plab mol-mulklaridan ajralardi. 
Bunday paytlarda yurt oqsoqollari Xiva xonidan o‘zlarini himoya qilish-
ni so‘rab choparlar yo‘llardilar.
Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik va ovchilik ham muhim o‘rin 
egallagan. Amudaryoning bo‘ylarida va Orol dengizi atrofidagi ko‘llarda 
baliq lar serob bo‘lib, ular ko‘plab oila hamda urug‘lar uchun asosiy tirik-
chilik manbayi edi. Hatto sharqdan g‘arbga borayotgan savdo karvonlari 
tuzlangan baliqni ko‘p miqdorda ana shu baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi 
oilalardan olib ketardilar. Qoraqalpoqlar, asosan, ro‘zg‘or uchun zarur 
buyumlarni tayyorlash bilan shug‘ullanar edilar. Ehtiyojdan ortgan bu-
yumlar esa bozorga chiqarilgan. Ular o‘tov larning 
atrofini o‘rash uchu n matolar, tuya junidan guldor 
namatlar to‘ qir edilar. Ularning xalq amaliy san’atida 
o‘tov lar uchun o‘ymakor eshiklar, uy-ro‘zg‘or bu-
yumlari yasash, gilam to‘qish, kashtachilik yuqori 
darajada rivojlangan. Bu qoraqal poq larda xo‘jalik 
va turmush talablarini ta’minlab turuvchi hunar-
mandchilik sohalarining ham rivojlan gan ligini, ular, 
ayniqsa, yog‘och va suyakka ishlov berish borasida 
qo‘li gul usta bo‘lishganligini ko‘r satadi.

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling