O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 3.7 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zingizni sinang! N. Korolkov – ... Katorga – ... 1898-yil 25-iyunda ... 1899-yil 20-iyunda ...
Qo‘zg‘оlоnning
bоstirilishi hibsdagi Dukchi eshon http://eduportal.uz 71 Qo‘zg‘оlоnchilаrning xаtоlаri ! ! ! xususan, harbiy vazir A. N. Kuropatkin yangi tayinlangan Turkiston general-gubernatori S. M. Duxovskoyga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida telegramma jo‘natdi. Unda o‘lim jazosini katorga va qamoq jazo- siga almashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi, lekin 22 kishiga berilgan o‘lim jazosi o‘z kuchida qoldi. 1898-yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon mahalliy aholining o‘z jonlari- ni xavfga qo‘yib, mustamlakachilik zulmiga qarshi kurash olib borish- lari mumkinligini ko‘rsatdi. Ular qo‘llariga qurol olib, toptalgan haq- huquqlari, orzu-umidlari uchun jang qildilar. Qo‘zg‘olon izsiz ketmadi. U keng xalq ommasiga ozodlik uchun kurash sari yo‘l ko‘rsatdi va ming- lab odamlarni mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi faol kurashishga il- homlantirdi. 1898-yilgi qo‘zg‘olon garchi tor-mor etilgan bo‘lsa-da, mahalliy xalqlar ning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to‘xtata olmadi. O‘lkaning turli hududlarida norozilik harakatlari turli ko‘rinishlarda da- vom etdi. Qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tgandan keyin bir yil o‘tib, 1899-yil 20- iyunda Farg‘ona vodiysida yana yangi qo‘zg‘olon boshlandi. Mustam- lakachilikka qarshi qo‘zg‘olonlar Turkiston o‘lkasining deyarli barcha hududlarida davom etdi. Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi uchun eng notinch, to‘xtovsiz norozilik harakatlari va qo‘zg‘olon bo‘lib turadigan hududga aylanib qoldi. O‘zingizni sinang! N. Korolkov – ... Katorga – ... 1898-yil 25-iyunda ... 1899-yil 20-iyunda ... 1898-yilda Andijonda boshlangan qo‘zg‘olon ham o‘lkaning boshqa joylarida bo‘lib o‘tgan qo‘z- g‘olonlar singari mustamlakachi hukumatning harbiy kuchlari tomonidan bostirildi. Qurolsiz qo‘zg‘olonchilar yaxshi qurollangan mustamlakachilarga qarshi kurashlarda g‘alaba qilishi amri- mahol edi. Bu qo‘zg‘olonni mag‘lubiyatga olib kelgan sabablardan biri unin g o‘lka bo‘ylab keng yoyilib ketmaganligi va mahalliy aholining barcha tabaqalari unda ishtirok etmaganligi bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachilarga qarshi qaratilgan harakatlari bilan eng avvalo o‘lkadagi jabr-zulmga chek qo‘yilishiga erishmoqchi bo‘l gan edilar. Qo‘zg‘olonni tashkil qilishdan boshlab unga boshchilik qi- lishgacha qat’iy tartib va intizom yo‘qligi qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiya- http://eduportal.uz 72 ! ! ! tiga yana bir sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olon ko‘targanlarning tarqoqligi, aniq reja ishlab chiqilmaganligi, hamma bir vaqtda ko‘tarilmaganligi ularga pand berdi. Xususan, Ketmontepa va Ko‘gartdagi odamlarga boshchilik qilgan Chibil bo‘lisi Dukchi eshonga zudlik bilan qo‘shilish o‘rniga atrofida joylashgan mustamlakachilarga qarshi kurash olib borishga harakat qilib taktik xatoga yo‘l qo‘ydi. Aholining ayrim tabaqalari qo‘zg‘olonga qo‘rqqanidan, ba’zilar qo‘zg‘olon g‘alaba qozonishiga ishonmagani uchun qo‘shilmadi. Dukchi eshonning yetarli darajada tayyorlanmay, harbiy sohadan be- xabar, yaxshi qurollanmagan muridlari bilan ochiqchasiga qo‘zg‘olon ko‘ targanligi mustamlakachilarning qo‘zg‘olonni osonlik bilan bostirishi- ga imkon berdi. O‘lkada hukmron bo‘lib olgan mustamlakachi hukumat qo‘zg‘olonni bostirishga erishdi. Andijonda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon na- faqat Turkiston o‘lkasi ma’muriyatini, balki Rossiya imperiyasi hukuma- tini ham qattiq xavotirga solib qo‘yadi. Qo‘zg‘olondan keyin o‘lkaning har bir hududida norozilik kayfiyatidagi barcha aholini qattiq nazorat- da ushlab turishga qaratilgan choralar ko‘rildi. Har qanday norozilik ko‘rinishdagi harakatlarni ayovsiz bostirishga kirishildi. Download 3.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling