O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Toshkent. Eski shahar 
ko‘chalari. XIX asr
?
?
Qo‘zg‘olonning
sabablari
http://eduportal.uz


68
bo‘lgan. «Nizom» e’lon qilingandan so‘ng unda nazarda tutilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirishda mahalliy aholining milliy, diniy va mahal-
liy xususiyatlari inobatga olinmadi.
Mazkur «Nizom» asosida podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegish-
li yer larning katta qismini tortib oldi va ular asosida Rossiyadan ko‘chib 
kelganlar uchun yer fondi tashkil etildi. Bunday siyosat yer masalasi juda 
nozik bo‘lgan, aholi zich joylashgan, ayniqsa, sug‘oriladigan ekin may-
donlari kam bo‘lgan Farg‘ona vodiysida mahalliy aholining ahvolini yo-
monlashtirib yubo radi. Bundan tash qari Farg‘ona vodiysi, asosan, impe-
riyaning paxta xom ashyosini yetishtirib beruvchi hududga aylantirilgan 
edi. Vodiyda paxta yetishtirish ning ko‘paytirilishi sababli g‘alla, ozuqa-
bop ekinlar maydoni va yaylovlarning qisqarishi, oziq-ovqat va boshqa 
mahsulotlar narxini keskin oshirib yubordi.
1891-yilda Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chi-
rib keltirilishi, ularning joylashtirilishi yer taqchil va aholi zich yashay-
digan vodiyning ahvolini nihoyatda yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, 
pod sho hukumatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligining 
yanada ortib borishiga sabab bo‘ldi.
Mustamlakachi hukumat Turkiston o‘lkasining barcha joylarida ma-
halliy aholining milliy va diniy qadriyatlarini hisobga olmasdan, ularga 
qarshi siyosat olib bordi. Podsho hukumati tomonidan o‘lkadagi vaqf 
mulklari qisqartirildi. Vaqf mulklariga tegishli yerlarni tugatishga qara-
tilgan chora-tadbirlar esa vaqf yerlarining katta qismi davlat mulkiga ay-
lantirilishiga olib keldi. Bu o‘lka hayotida, keng xalq ommasi o‘rtasida 
yuqori nufuzli din peshvolari, diniy muassasalar va ta’lim maskanlarida 
ish olib boradigan mutasaddilar ning keskin noroziligini keltirib chiqardi.
Norozilik harakatlariga o‘lka ma’muriyatining mahalliy xalq man-
faatlaridan imperiya manfaatlarini ustun qo‘yuvchi siyosat olib borishi, 
tub aholi yashash sharoitlarining yomonligi , soliqlarning ko‘pligi, amal-
dorlarning pora xo‘rligi va o‘z mansabi-
ni suiiste’mol qi lishlari, to‘lovlar hamda 
majburiyatlar ning og‘irligi kabilar sabab 
bo‘ldi. Maorif, tibbiy xizmat, obodonchi-
lik ishlari qarovsiz bo‘lib, ularga hukumat 
tomonidan mablag‘ ajratilmagan. Bunday 
salbiy holatlar mahalliy xalqlar ning mus-
tamlakachilarga nis batan naf ratini oshirib, 
ularga qarshi g‘ala yon va qo‘zg‘olonlar 
ko‘tarishiga olib keldi.

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling