O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Toshkent. Eski shahar. XIX asr
Shaharga dastlabki 
hujum
Shaharning 
egallanishi
http://eduportal.uz


25
Tosh kent mudofaasida sha har hi moyachilari 
va Qo‘qon xon ligi qo‘shinlari amirlashkar 
Aliquli boshchiligida qar shilik ko‘r satdi. 
Ayovsiz jang larda Ali qulining ya ra lanib vafot 
eti shi sha har himoyachilarini sarosi ma ga so-
lib qo‘ydi. Himoyachilarning ya go na harbiy 
boshliqsiz qolishi isti lo chi lar ning qo‘li ustun 
kelishiga olib kel di. Toshkent himoyasiga Bu-
xo ro amir li gi dan kechikib yetib kelgan qo‘ shin-
larning foydasi tegmadi. M.Chernyayev qo‘ -
shin lari Kamolon darvozasi yoni dan de vor ni 
buzib shaharga kirdi. Ularga tosh kent lik sarbozlar va aholi shaharning har
bir mahalla ko‘chasida tashkil qilin gan to‘ siq lar da qattiq qarshilik 
ko‘rsatdi. Tosh kent ning har bir qarich yeri uchun ko‘cha va mahallalar-
da janglar davom etdi. Asosiy jang Kamolon darvozasidan Xadra dagi 
markaziy bozorga boradigan ko‘chada bo‘lib, podsho qo‘shinlari to‘rtta 
to‘p himoyasida bo‘lgan to‘siqdan o‘ta olish ma di. Ammo M. Chernya-
yev qo‘shinining bir qismi bu vaqtda sha har qal’a si ni egallab, shu yer-
dan shahar ichkarisini to‘plardan o‘qqa tutadi. Himo ya chilar shaharni 
o‘qqa tutilishidan saqlash maqsadida qal’aga o‘t qo‘yadilar. Bu bilan 
qal’adan podsho qo‘shinlarini chiqib ketishga majbur qildilar.
Kamolon darvozasi tomonga chekingan M. Chernyayev qo‘shinlari 
er ta lab yana jangga o‘tishdi. Shahar yong‘in ichida qoldi. Suv yo‘l la-
rining to‘sib qo‘yil ganligi yong‘inlarni o‘z vaqtida o‘chirish imkonini 
bermadi.
Shahar qurol kuchi bilan egallab olingach, M. Chernyayev 17-iyunda 
Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalarining oqsoqolla-
rini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni Hakimxo‘ja, Abulqosim 
esho n, Solihbek dodxoh va shaharning boshqa nufuzli kishilari ishtirok 
etdi. M. Cher nyayev xalqaro doirada o‘z xatti-harakatlarini oqlash maq-
sadida go‘yoki Toshkent ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ldi va aholi tin chli-
gi uchun toshkentliklar o‘zlari Rossiya askarlariga uning darvozalarini 
ochib berdi, degan xatni imperator nomiga yozishlarini talab qiladi. Oq-
soqollardan 9 nafari shaharni «ixtiyoriy ravishda topshirish» to‘g‘risidagi 
sulhni imzolashga maj bur bo‘lishdi. Jahon ommasi bu xatning mazmuni-
dan xabardor bo‘lishi uchun podsho hukumati tomonidan barcha chora-
lar ko‘rilgan edi. Bunday soxta xat yozilishiga qarshi bo‘lgan Solihbek 
dodxoh, Abulqosim eshon, Hakimxo‘ja singari vatanparvarlar Sibirga 

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling