O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 3.7 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar 1. Qo‘qon xonligining bosib olinishiga nimalar sabab bo‘lgan 2.
- Hudud nomi Bosib olingan yil Bosib olgan shaxs Jang tafsiloti Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy-hududiy tuzilishi
- Boshqaruvning mustamlakachi- lik tartiblari III B O‘ l I m ROSSIyA ImPERIyASINING TURKISTONDAGI mUSTAmlAKAchIlIK SIyOSATI
Yodda tuting!
chorizm istilosi ko‘pgina sabablar bilan bir qatorda, av va- lambor, o‘sha paytda mavjud bo‘lgan siyosiy bosh boshdoqlik, hukmron kuchlarning uzoqni ko‘ra olmasligi, ma’naviy zaifligi oqibatida ro‘y berganini tarixiy misollar isbotlab turibdi. http://eduportal.uz 44 Savol va topshiriqlar 1. Qo‘qon xonligining bosib olinishiga nimalar sabab bo‘lgan? 2. Qo‘qon xonligini bosib olish uchun jang ko‘proq qayerlarda bo‘ldi? 3. Farg‘ona viloyati qachon va qayerda tashkil qilindi? 4. Mag‘lubiyat sabablarini sanab bering. 5. Quyidagi jadvalni to‘ldiring. ? ? Hudud nomi Bosib olingan yil Bosib olgan shaxs Jang tafsiloti Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy-hududiy tuzilishi http://eduportal.uz 45 Boshqaruvning mustamlakachi- lik tartiblari III B O‘ l I m ROSSIyA ImPERIyASINING TURKISTONDAGI mUSTAmlAKAchIlIK SIyOSATI 13-§. TURKISTON GENERAl-GUBERNATORlIGINING SIyOSIy-mA’mURIy BOShQARUV TIZImI Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini o‘r natish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilin- gan joy larni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, eng av- valo, mus tamlakachilar o‘zla riga mos bosh qaruv tartiblari ni ishlab chiqishi va uni o‘lkada joriy qilishi kerak edi. Mus- tamlakachilik siyosatining to‘liq amalga oshirilishida boshqaruv tartib- lari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurish- lari bilan birga turli ko‘rinishlarda tashkil qilinib, tajriba-sinovlardan o‘tkazilgan holda o‘zgartirib borilgan. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosa- tining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan hududlar kenga yib borgan. Bosib olingan hududlarni boshqarish tartiblari va uning qan day bo‘lishi kerakligi masalasi juda ko‘p hamda uzoq vaqt imperi- ya hukm ron doiralarida turli soha vakillari ishtirokida muhokama qilin- gan. Ush bu masalani hal qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko‘zlab ish ko‘rish, hech nimada ta vakkal qilmaslik tamoyiliga tayangan holda ish olib borilgan. Turkiston gene ral-gubernatori S. M. Duxovskoy (1898– 1901): «Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi», – degan edi. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil 6-avgustda Alek sandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni tasdiqlaydi. Boshqaruv harbiy zobitlar qo‘liga o‘tadi. Ushbu nizomda boshqaruv tizimi «Harbiy-xalq boshqaruvi» nomi bilan gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtirila- di. Viloyat bo‘limlarga bo‘linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida harbiy komendant ham hisoblangan. Bo‘lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat vakillaridan tayinlana- digan boshqaruvchilar bo‘ysungan. http://eduportal.uz 46 1908–1910-yillarda Turkiston o‘lkasini podsho topshirig‘i bilan taf- tish qilgan senator K. Palen ta’kidlaganidek, «o‘lkada eng kichik aha- miyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida» bo‘lgan. Mahalliy aholi vakillariga boshqaruvning eng quyi bosqichidagi lavo- zimlar berilgan. Bularga volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqso- qollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan. General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijro- chi organ hisoblangan. Rossiya imperiyasidagi hech bir gubernada bunday katta vakolatga ega bo‘lgan boshqaruv organi mavjud bo‘lmagan. Turkiston o‘lkasi ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, ularni o‘z qo‘lida fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqar- gan. Vilo yatlar uyezdlarga bo‘linib, ular harbiy zobitlar boshqaruvida bo‘lgan. Uyezdlar uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uchast- kalarni uchastka pristavlari boshqargan. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o‘z hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkam- lashni birinchi darajali vazifa hisoblagani uchun dastlab boshqaruv sohasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo‘lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning saqlab qolinishiga asosiy sabab ma- halliy aholi ning ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholi- ning an’anaviy turmush tarziga katta o‘zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Bundan tashqari yangi bosib olingan yer- larda hali qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv tizimida faoliyat olib boruvchi odamlar bo‘lmagani, o‘lka sharoitini to‘liq bilmasliklari dastlabki vaqtda mahalliy aholi vakillarining quyi boshqaruv- da ishtirok etishiga yo‘l bergan. Quyi boshqaruv tizimining saqlab qolinishi o‘lka ma’muriyatiga imperiya manfaatlari uchun xizmat qiladigan, o‘lkadagi sharoitlarni yaxshi biladigan mahalliy aholi vakillaridan o‘zlariga eng ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muam- mosini ko‘ndalang qo‘yardi. Uni hal qilish- da imperiya hukumati Turkiston dagi hukm- ronlikning dastlabki vaqtidayoq ishlab chi- qilgan saylov tizimi yordam berdi. Uyezdlar volostlarga, volostlar o‘t- roq aho li yashaydigan hududlarda qish- loqlarga, chorvador aholi yashaydigan hu dudlarda esa ovul larga bo‘lindi. Bosh- qaruv tizimi ning quyi bosqichida volost Download 3.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling