O`zbekiston tarixidan testlar to`plami
O`ZBEKISTON TARIXIDAN TESTLAR TO`PLAMI
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
12 та
O`ZBEKISTON TARIXIDAN TESTLAR TO`PLAMI
Raximjon Xamrabayev 25 2. Quyidagi qaysi madaniy yodgorlikdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan? A) Qal’aliqir B) Qo'yqirilganqal’a C) Tuproqqal’a D) Ko‘zaliqir 3. Ilk o’rta asrlarda qaysi davlatda hukmdorning hokimiyati urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan edi? A) Qoraxoniylar davlatida B) Eftallar davlatida C) Turk xoqonligida D) Qarluqlar davlatida 4. Qaysi arab xalifasi hukmronligi davrida Samarqandda Rofe ibn Lays boshchiligida qo‘zg‘olon ko'tarilgan edi? A) xalifa Horun ar-Rashid B) xalifa Mansur C) xalifa Ma’mun D) xalifa Mo'tazid 5. Qaysi sulola hukmronligi davrida Xorazm davlatida shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash bilan shug'ullanadigan mahkama mavjud bo'lgan? A) Afrig'iylar B) Shayboniylar C) So'fiylar D) Ma’muniylar 6. Zamondoshlari tomonidan «Buxoro shoirlari taxtida sulton» deb ulug'langan allomani aniqlang. A) Turdi Farog'iy B) Mushfiqiy C) Sayido Nasafiy D) Mirzo Abdulqodir 7. Abulfayzxon davrida kim katta nufuzga ega bo'lib, barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig'i deb tan olingan? A) Muhammad Rahimbiy B) Muhammad Islom C) Rajab Sulton D) Muhammad Hakimbiy 8. Mustaqil Xiva xonligini bo'ysundirish harakati qaysi Buxoro hukmdori davrida boshlangan edi? A) Shayboniyxon B) Ko'chkunchixon C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II 9. Quyidagi mansabdorlarning qaysi biri vaqf mulklaridan keladigan daromadni taqsimlash bilan shug'ullangan? A) sadr B) mutavalli C) muftiy D) mushrif 10. 1875-yilning 19-yanvarida tavallud topgan, dastlab Samarqand, so'ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyinchalik muftiy darajaslga ko'tarilgan ma’rifatparvar allomani belgilang. A) Abdulla Avloniy B) Mahmudxo'ja Behbudiy C) Abdurauf Fifrat D) Abdulhamid Cho'lpon 11. Buxoro amirligining so'nggi hukmdorini aniqlang. A) Amir Haydar B) Amir Muzaffar C) Amir Sayid Olimxon D) Amir Nasrullo 12. Turkiston o'lkasi Musulmonlar byurosi (Musbyuro) qachon tashkil topgan? A) 1918-yil noyabrda B) 1917-yil oktyabrda C) 1920-yil yanvarda D) 1919-yil martda 13. 1925-yil apreldan 1930-yil sentyabrgacha O‘zbekiston SSR poytaxti sanalgan shaharni aniqlang. A) Toshkent B) Samarqand C) Buxoro D) Farg’ona 14. O’zbekistonda 1992-yil mart oyida birinchi bo‘lib qaysi davlatning elchixonasi ochilgan? A) Turkiya B) Hindiston C) AQSH D) Rossiya 15. 1996-yil mart oyidan boshlab mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lida o‘tkazilib kelinayotgan ko‘rik-tanlovni aniqlang. A) «Sharq taronalari» B) «Asrlarga tengdosh navolar» C) «Boqiy ovozlar» D) «O‘zbekiston – Vatanim manim» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling