O`zbekiston tarixidan testlar to`plami
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
12 та
O`ZBEKISTON TARIXIDAN TESTLAR TO`PLAMI Raximjon Xamrabayev 27 26 – variant 1. Quyidagi qaysi dinda inson vafot etganida marhumlarning jasadini yerga ko’mish ham, olovda kuydirish ham, suvga tashlab yuborish ham taqiqlangan? A) buddaviylik dinida B) nasroniylik dinida C) qam (shomoniylik) dinida D) zardushtiylik dinida 2. Ahamoniylar hukmdori Kir II ning qaysi qabilaga qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz (ya’ni halok bo’lishi bilan) tugagan? A) midiyaliklar ustiga qilgan yurishi B) saklar ustiga yurishi C) massagetlar ustiga yurishi D) so’g’diylar ustiga qilgan yurishi 3. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” asari qaysi alloma ijodiga mansub? A) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy B) Ahmad al-Farg‘oniy C) Abu Nasr Forobiy D) Abu Rayhon Beruniy 4. Xurosonda 873-900-yillarda hukmronlik qilgan sulolani aniqlang. A) Tohiriylar B) Safforiylar C) G'aznaviylar D) Saljuqiylar 5. Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashish jarayonida dastlabki yirik g'alabasiga qayerda erishgan edi? A) Isfahon shahri yonida B) Arzinjon yaqinida C) Valiyon qal'asi yonida D) Parvon dashtida 6. 1723-yilda qoraqalpoqlarni yana ko‘chishga majbur qilgan sabab nima? A) Xiva xonlarining istilochilik yurishlari B) Jung'orlarning bostirib kirishi C) Amudaryo o'zanining o'zgara borishi D) qurg'oqchilik oqibatida yaylovlarga muhtojlikning kuchayishi 7. Buxoro amirligida qaysi hukmdor davrida pul islohoti amalga oshirilgan? A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar C) Amir Shohmurod D) Ubaydullaxon II 8. Buxoro xoni Subhonqulixon Balxni alohida xizmatlari uchun kimga tortiq qilgan edi? A) yuz qabilasi sardori Muhammad hoji otaliqqa B) kenagas qabilasi yetakchisi Ibrohimbiyga C) qatag'on qabilasi sardori Mahmudbiy otaliqqa D) mang'it qabilasi yetakchisi Muhammad Hakimbiyga 9. Quyidagi asarlarning qaysi biri amir Muzaffar taklifi bilan yozilgan? A) «Buxorodan Peterburgga sayohat» B) «Buxoroyi sharif mang'it amirlari muxtasar tarixi» C) «Navodir ul-vaqoe’» («Nodir voqealar») D) «Manozir ul-kavokib» («Sayyoralarning joylashishlari») 10. 1864-yilda Qo'qon xonligiga qarashli qaysi shahar bosib olinishi bilan chor armiyasi qo'mondonligida Yangi Qo'qon chizig'i nomi ostida qal’alarning yagona chizig'ini yaratish imkoniyati paydo bo'lgan? A) Avliyoota B) Turkiston C) Chimkent D) Toshkent 11. Buxoro amirligi xazinasining ro'yxatini tuzib chiqqan qushbegini aniqlang. A) Mirzo Haydar B) Mulla Mirzo C) Mirzo Nasrullo D) Mirzo Abdullo 12. 1918-yil 20-noyabrda Turkiston ASSRda kimning raisligida ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi tuzilgan? A) Fayzulla Xo‘jayev B) Turor Risqulov C) Mirza Salimbek D) Yo‘ldosh Oxunboboyev 13. O'zbekiston SSRda yakka dehqon xo'jaliklari qaysi yilda butkul tugatilgan? A) 1941-yil B) 1937-yil C) 1939-yil D) 1933-yil 14. Shahrisabz shahrining 2700-yilligi keng nishonlangan yilni aniqlang. A) 2002-yil B) 2000-yil C) 2001-yil D) 2003-yil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling