Mirzo ulug’bek


Download 1.43 Mb.
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1293864
  1   2   3   4
Bog'liq
MIRZO ULUG’BEK

MIRZO ULUG’BEK

1394-1449

Mirzo Ulug’bek

Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.

Buyuk Mirzo Ulug’bek temuriylar davlati hukumdori Shohruxning o’g’li, Shohrux Mirzo davrida Movaraunnahri hokimi va otasi vafot etgach butun Temuriylar sultoni bo’ldi. Ulug’bekning davlat boshqaruvidagi mahorati uning ilmiy tajribasi bilan teng kelmoqda o’zining qisqa hukumronlik davrida o’z kuch hokimyatini o’rnatadi.

ULUGʻBEKNING TUGʻILISHI KOʻPLAB INSONLAR HAYOTINI SAQLAB QOLGAN Amir Temur 1394-yilda Iroqdagi Mordin qalʼasini qamal qiladi.Shu vaqtda Sohibqironning Sultoniyadagi qarorgohida Ulugʻbek tugʻiladi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida yozilishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib Ulugʻbekning tugʻilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor boʻlishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qalʼasi qamalini toʻxtatib, uning xalqiga yuklangan toʻlovni bekor qiladi.

OʻN BESh YOSHLI ULUGʻBEK BOBOSI TEMURNING SAMARQANDDAGI TAXTIGA OʻTIRGAN

Huroson hokimi, Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli Shohrux 1409-yilda Temuriylar davlatining oliy hukmdori sifatida eʼtirof etilgach, koʻlga kiritilgan Movarounnahrni idora etishni Turkiston viloyati bilan birga Ulugʻbekka topshirib, Sohibqiron vasiyatini qayta tikladi. Oʻsmir yoshdagi Ulugʻbek bu hududlarni dastlab Shohmalik yordamida boshqargan boʻlsa, 19 yoshidan Movarounnahrni mustaqil idora etishga kirishdi.Ulugʻbek oʻz hukmronligi davomida 2-marta yirik harbiy yurish qildi.

 

HARBIY STRATEGIYALARDAN MOHIRONA FOYDALANGAN

Mirzo Ulugʻbek 1425-yili oʻzining Moʻgʻulistonga qilgan birinchi yirik harbiy yurishi chogʻida qoʻshin miqdori haqida dushman notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlishi uchun har bir jangchisiga tunda besh yerda gulxan yoqishni amir qilgan.Ulugʻbek qoʻllagan bu usul harbiy sanʼatda argʻay oʻt (moʻgʻulcha argʻa – aldash, turkcha – oʻt, olov) deb nomlanadi.U dushmanni chalgʻitish maqsadida qoʻshin miqdorini boʻrttirib, koʻpaytirib koʻrsatish uchun ishlatiladi.Yurish Ulugʻbek gʻalabasi bilan tugagan.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling