Mirzo ulug’bek
Download 1.43 Mb.
|
MIRZO ULUG’BEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAMARQANDDA CHINNIDAN SAROY QURDIRGAN
- MOVAROUNNAHR TAXTI UNING KUYOVIGA HAM NASIB ETGAN
XV asrda Samarqanddagi Mirzo Ulugʻbek qurdirgan rasadxonada kattagina globus boʻlgan. Unda iqlimlarning chegaralari, togʻlar, choʻllar, dengizlar va daryolar koʻrsatilgan. Binobarin, dunyodagi ikkinchi globusni Samarqand astronomlari yasashgan.Ulugʻbekning oʻlimidan keyin u mutaassiblar tomonidan yoʻqotilgan.Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Ulugʻbek Samarqandda balandligi 50 metrli quyosh soati yasagan.Ushbu noyob soat ham saqlanib qolmagan.ULUGʻBEKNING DASTXATI BIZGACHA YETIB KELGAN Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida Mirzo Ulugʻbekning Samarqandlik xattot Azizullo tomonidan nasx xatida taxminan 1439-yilda, Ulugʻbek 45 yoshda boʻlganida koʻchirilgan “Ziji Koʻragoniy”si saqlanmoqda. Qoʻlyozma sahifalarida Ulugʻbekning tuzatishlari ham bor. Ushbu tuzatishlar uning dastxati, yozuvi haqida maʼlumot beradi.SAMARQANDDA CHINNIDAN SAROY QURDIRGANXV asrning 40 yillarida Ulugʻbek Samarqandning Choʻponota tepaligida, Ulugʻbek rasadxonasiga yaqin joyda saroy bunyod ettirgan.Uning devorlari chinni bilan qoplangani uchun ham Chinnixona deb atalgan.Ulugʻbek va boshqa olimlar shu yerda samoviy kuzatuv, ilmiy tadqiqotlardan soʻng hordiq chiqarishgan. Chinnixonaning koʻshkida rangli shishalar ishlatilgan.Arxeologik qazishmalar jarayonida Chinnixonadan topilgan tosh taxtachalardan biriga “baxtli boʻl” yozuvi borligi aniqlangan.PADARKUSH OʻGʻIL OTASI UMRINING YARMINI HAM YASHAY OLMAGAN Ulugʻbek oʻzining oʻjar, xudbin va shuhratparast oʻgʻli Abdullatifning roziligi bilan 1449-yil 27-oktyabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida qatl etilgan. Otasi taxtini egallagan Abdullatif ham olti oylik hukmronligidan soʻng, Ulugʻbekning xos navkarlaridan Bobo Husayn Bahodir tomonidan 1450-yil 8-mayda, 27 yoshida oʻldirilgan.MOVAROUNNAHR TAXTI UNING KUYOVIGA HAM NASIB ETGANUlugʻbek oʻz ukasi Ibrohim Mirzoning kenja oʻgʻli Abdullo Mirzoni 1448-yilda oʻz xizmatiga olib, 15 yoshli jiyaniga oʻz qizini bergan.Ulugʻbekning bu kuyovi oʻgʻli Abdullatif vafotidan soʻng Ulugʻbek taxtini 1450–1451-yillarda boshqarib, Movarounnahr hukmdori ham boʻlgan.U 18 yoshida toj-u taxt daʼvogari, 27 yoshli Temuriyzoda Abu Saidga qarshi jangda halok boʻlgan.Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling