131-savol: Mustaqil O‘zbekistonda san’at sohasining rivojlanishi. (Davlat siyosati, amaliy san'at, ma'naviy san'at)
Yoshlar talim-tarbiyasi uchun qoshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oz ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari boyicha yigilish otkazildi.
Xususan, birinchi tashabbus boyicha yoshlarni madaniyat va sanat muassasalariga keng jalb etishga oid dastur loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, 2019-2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha bolgan 2 million yoshlarni madaniyat va sanatga jalb etish boyicha hududiy yol xaritalarini tasdiqlash kozda tutilgan.
Shuningdek, bolalar musiqa va sanat maktablarida qoshimcha sinflar, madaniyat markazida cholgu, xonandalik, tasviriy sanat togaraklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil etish belgilangan. Yangidan quriladigan, rekonstruksiya va kapital tamirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlari manzilli royxati ham shakllantirilgan.
Davlat rahbari dastur loyihasida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari yetarli emasligi, har bir shahar va tumanga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan taniqli namoyandalarning amaliy vazifalari aniq belgilanmaganini qayd etdi. Hududiy yol xaritalari ijrosini tizimli tashkil etish, togarak va sinflarga qamrab olingan bolalarni ragbatlantirish, jumladan, har xil tanlovlar otkazish zarurligini takidladi.
Belgilangan qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash, shuningdek, madaniyat markazlari, musiqa va sanat maktablarini musiqa cholgulari bilan taminlash uchun tegishli mablag ajratish boyicha topshiriq berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |