O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv
Download 240.22 Kb.
|
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta
savol : “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. (tadqiqot ob’ekti, tarix fani muammolari, konseptual va strukturaviy o‘zgarishlari)
Javob : . " O'zbekistonning eng yangi tarixi" haqida so’z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o’tgan tarixiy yo’li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning vazifasi – mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushinish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarorni imzoladi
savol : “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. (eng yangi tarix, metodologiya, fan predmeti, fanning maqsad va vazifasi, fanlararo yonashuv Javob : . 1991 yil 31 avgust kuni bo’lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o‘zbek xalqining xohish-irodasi bilan O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va «Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun bilan mustahkamlandi. Tarix - arabcha so’z bo’lib, «tadqiq etish», «tekshirish», «voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma’nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o’tmishdan bizgacha etib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. «O’zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o’rganishdan, tushuntirishdan iboratdir. Tarixiy voqea va hodisalar kambag’allarni va yqqsillarni himoya qilgan tarzda, ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi. savol : Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. (yoshlarga oid siyosat. Ta’lim tizimidagi islohotlar. eng yangi tarix kontseptsiyasi) Javob : Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106–sonli Farmoni mazmun-mohiyatini yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish maqsadida filialning Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti, filial Murabbiylar Kengashi va filial psixologi hamkorlikda 2018 yilning 21 fevral sanasida filial iqtidorli talabalarining aqliy salohiyati, intellektual darajasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’rganish bo’yicha “Intellektual salohiyatli va barkamol yoshlar- farovon kelajagimiz garovi!” mavzusidapsixologik seminar-trening tashkillashtirildi. Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga, ularning ta’lim-tarbiyasi, intellektual salohiyati va barkamol inson bo’lib yetishishlariga katta e’tibor beriladi. Intellektual boylik hukmronlik qiluvchi XXI asrda yoshlarni aqliy salohiyatini o’stirish, yoshlar tomonidan ilgari surilgan innovatsion g’oyalarni ma’naviy va moddiy tarafdan qo’llab-quvvatlash, yoshlarni barkamol inson qilib voyaga yetkazish muhim vazifamiz sanaladi. savol : O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. (Jamoatchilik kengashi, yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish, 2017-yil 30-iyun) Javob : 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda:
O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e’lon qilinsin. 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “katta yetakchi” va “to‘garak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf o‘qituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligini joriy etish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy ma’lumotli o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilash; O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazlarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish; savol : XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv. ( Nomoddiylik prinsipi, chiziqli rivojlanish prinsipi, universal ulanish prinsipi, determinizm prinsipi) Javob : Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda qabul qilindi . Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion savol : “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi ilg‘or innovatsiyalar.(xolisonalik, texnologiyalar, uzviylik) Javob : Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishiKadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko`nikmalarga ega bo`lgan, huquqiy demokratik jamiyat a’zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr yuritishga o`rgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan. «Ilgari biror bir mamlakatning taraqqiyoti va kuchqudratini ifodalash va baholash uchun uning mavjud bo`lgan tabiiy boyliklari va iqtisodiy salohiyati haqida so`z yuritilar edi. Bugun dunyo taraqqiyotning shunday bosqichiga qadam qo`ydiki, har qanday millat va davlat imkoniyatlarining hal qiluvchi belgisi bu- ma’rifat, insonlarning intellektual, kasbiy va ma’naviy salohiyatidir»-deb ta’kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan biri - bu ta’lim tizimini tuzilishi va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim muassasalarining faoliyatiniuyg`unlashtirish, ilg`or pedagogik texnologiyalarni, pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi Leontev «Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti -faoliyat, ikkinchi sharti - tarbiyadir. Faoliyat jarayonida; kishilarning qobiliyati, bilim va malakalari shakllanadi, demak, faoliyat ijtimoiy hodisa bo`lib, hayotiy kurashning asosiy shartidir shartidir. savol : Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. ("Kadrlar desanti»,«Qayta qurish»,“Paxta ishi”) Javob : Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 80 yillar oxiri 90 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 80 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi.1990 yili bahorida markazning qattiq qarshilishga qaramasdan sobiq Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. Bu o`zbek davlatchiligi va mustaqillikning printsipial yangi bosqichi bo`ldi.I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. Unda O`zbekiston Respublikasidavlat mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonoti va Respublika davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi hamda 1 sentyabr — Mustaqillik kuni milliy bayram deb belgilandi..
savol: XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. ("Kadrlar desanti»,«Qayta qurish»,“Paxta ishi”) Download 240.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling